Toşkentda quriliş bölayotgan joylarda çang hosil bölişiga qarşi kuçaytirilgan tadbirlar boşlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Şahar quriliş inspeksiyasi çang kötarilişining oldini oliş maqsadida barça quriliş obektlarini, jumladan hududlar va kiriş yöllarini majburiy ravişda suğorişni öz içiga olgan holda, kundalik kuzatuvni yölga qöydi, deyiladi xabarda.
“Tuproqni muntazam ravişda namlab turiş ilmiy jihatdan asoslangan çoralardan biridir: nam yuzalar mayda zarraçalarni uşlab qoladi, ularning şamol va texnika vositasida havoga kötarilişiga tösqinlik qiladi, şu bilan havodagi PM zarraçalarining miqdorini kamaytiradi hamda atrofdagi turar-joy massivlarini himoya qiladi”, – deyiladi hokimlik axborotida.

21 noyabr kuni boşlangan yöllar va daraxtlarga suv sepiş işlari 22 noyabrda ham davom etdi.
Ma’lum qilinişiça, bu jarayonda jami 55 ta maxsus texnika safarbar etilgan:
- 18 tasi – Toşkent şahar obodonlaştiriş boş boşqarmasidan;
- 12 tasi – tuman obodonlaştiriş bölimlaridan;
- 4 tasi – Toşkent suv ta’minoti korxonasidan;
- 17 tasi – Avtomobil yöllari qömitasidan;
- 4 tasi – “Maxsustrans” DUKdan.
Eslatib ötamiz, 2025 yil mart oyida qabul qilingan qonunga asosan, quriliş maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qiliş talablariga rioya etmaganlik uçun 10 BHM (hozirda 4 mln 710 ming söm) jarima joriy etilgan.













