Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRda «gamburger» va «karaoke» so‘zlarini ishlatmaslik tavsiya etildi
Mamlakatdagi gidlarga inglizcha o‘zlashmalar va janubiy koreyscha iboralar, jumladan, «gamburger» va «karaoke-mashina» so‘zlarini ishlatishdan qochish tavsiya etilgan o‘quv dasturi taqdim etildi.
Foto: Yuriy Smityuk / TASS
Daily NK xabariga ko‘ra, 21 avgust kuni butun mamlakat bo‘ylab xorijiy sayyohlar uchun gid tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlari ishga tushirildi. Dasturlarga Koreya Mehnat partiyasi Kadrlar boshqarmasi xodimlari rahbarlik qilmoqda. Ularda 20-30 kishi ta’lim oladi. Ular viloyat xorijiy tillar universitetlari bitiruvchilari va Turizm axborotining davlat bosh byurosi gid-stajyorlaridir.
O‘quv jarayonida bo‘lajak ekskursiyachilarning xulq-atvor qoidalari va kasbiy standartlariga alohida e’tibor qaratilgan. Stajyorlar sayyohlar bilan muloqot qilish, shuningdek, o‘zini tutish va kiyinish qoidalari bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar olgan. Dasturdagi muhim e’tibor gidlar foydalanadigan ifodalarga qaratilgan.
Amaliyotchilarga inglizcha o‘zlashmalar va janubiy koreyscha iboralardan qochish tavsiya etildi. Xususan, stajyorlar «hambogeo» («gamburger» so‘zidan olingan) o‘rniga «dachjin-gogi keppan» («mol go‘shti qiymasi bilan qo‘sh non») deb talaffuz qilishi kerak. Shuningdek, ulardan «aysikirim» (inglizcha «muzqaymoq») o‘rniga «esiukimo» («eskimo») yoki «orimbosingi» («muzqaymoq») deb aytish so‘ralgan. Janubiy Koreyada keng tarqalgan karaoke mashinalarini «ekranni kuzatuvchi mashinalar» deb atash so‘ralgan.
Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyihaning maqsadi turizm sohasidagi mutaxassislarni «shimoliy koreyscha so‘zlardan foydalanishga» o‘rgatish, ular bilmagan holda qo‘llashi mumkin bo‘lgan janubiy koreyscha iboralar va o‘zlashmalardan qochishdir.
Stajyorlardan biri Daily NK bilan suhbatda sayyohlar ularni tushunishi uchun chet tilidagi so‘zlardan foydalanishga to‘g‘ri kelayotganini aytdi. Shu bilan birga, gidlar o‘z fikrlarini erkin aytolmaydi. «Gid bo‘lish - bu yaxshi ish, agar noto‘g‘ri gapirsang, seni dasturdan haydashi mumkin», deb tushuntirdi stajyor.
O‘qish uch oyga mo‘ljallangan. Amaliyot tugagandan so‘ng, gidlar imtihon topshiradi.
2020 yildan beri KXDR pandemiya tufayli sayyohlar uchun yopiq edi. 2024 yil fevral oyida KXDR kurortlari sayyohlar uchun ochildi.
Mamlakatning asosiy sayyohlik loyihalaridan biri dengiz qirg‘og‘idagi yangi Vonsan-Kalma kurort majmuasi bo‘lib, 2025 yil yozida rasman ochildi.
Mavzuga oid
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
09:50 / 04.12.2025
O‘zbekiston Goa bilan turizm sohasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqda
16:06 / 27.11.2025
O‘zbekistonda turizm orqali 19 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi
14:30 / 26.11.2025