Nepal hukumatining xalq kayfiyatini boşqariş maqsadida ijtimoiy tarmoqlarni bloklaşi ommaviy noroziliklarga yetakladi. Asosiy sabab jamiyatdagi kambağallik va hokimiyatdagi korrupsiya edi. 2022 yil may oyidan beri Fransiyada 6 marta boş vazir almaşdi — bunga asosiy sabab budjet taqçilligi ekani aytildi. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz’dagi kolonkasida Nepal va Fransiyadagi siyosiy kayfiyatlarda aynan işonç defitsiti yuqorilab qolgani haqida söz yuritadi.

Biz – Özbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari, Yevrosiyo qit’asining örtasida joylaşganmiz. Qit’amizning ğarbida va şarqida siyosiy böhronlar, inqirozlar kuzatilmoqda. Şarqdan boşlasak. Nepalda ommaviy namoyişlar sababli hukumat öziga iste’fo berdi. Köplab mulozimlar işdan ketdi. Asosan yoşlardan iborat namoyişçilar hukumat uyiga, davlat idoralari binolari va mulozimlarning uylariga ham öt qöyişgan. Namoyişlar jarayonida kamida 22 kişi halok bölgani aytilmoqda.

Nepal Hindiston va Xitoy Xalq Respublikasi örtasida joylaşgan davlat. Nepalning uçinçi çegaradoş qöşnisi yöq. Nepalning maydoni 147 ming kvadrat kilometr, ya’ni Özbekistondan roppa-rosa uç marta kiçik. Lekin aholisi 30 milliondan oşadi. Nepal BMT va köplab xalqaro taşkilotlar mezonlariga köra ança kambağal davlat hisoblanadi. Jon boşiga töğri keladigan yillik yalpi içki mahsulot uluşi 1440 dollar atrofida. Lekin sotib oliş pariteti bilan ölçaganda esa bu uluş 3000 dollar atrofida deyiladi. Nepalda işsizlik ança yuqori. 2008 yilda taxminan 45% işga yaroqli aholi işsiz bölgan. Bugungi kunda ham kamida 20% aholi işsiz ekani aytiladi.

Nepalda siyosiy zöravonliklar zanjiri surunkali davom etib kelmoqda. Bu davlatda 1996-2006 yillar mobaynida fuqarolik uruşi bölib ötdi, jami 17-18 ming atrofida odam halok bölgan. 2008 yilgaça bu davlat monarxiya edi, fuqarolik uruşi natijasida podşolik yiqitilgaç, bugungi kunda bu davlat federativ parlament boşqaruvidagi respublika hisoblanadi.

Nega yoşlar ommaviy namoyişlar ötkazib, hukumat binolari va mutasaddilariga nisbatan kuç işlatişgaça borişdi? Hukumat ijtimoiy tarmoqlarni, jumladan YouTube, Facebook, Instagram va yana 20 ga yaqin ijtimoiy tarmoqlarni, maşhur saytlarni bloklab qöyadi. Keyin butun hayoti ijtimoiy tarmoqlarda şakllangan yangi yoş avlod ijtimoiy tarmoqlardan uzilişi bilanoq ommaviy va öta agressiv namoyişlar boşladi, hukumatni yiqitişdi. Qolaversa, juda köp nepallik yoşlar xorijda işlaydi va ular özlarining yaqinlari bilan aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali aloqada bölib kelgan.

Fransiyada 2022 yilning may oyidan şu bugungi kunga qadar jami olti marta boş vazir almaşdi. Oxirgi boş vazir Fransua Bayro şu yilning boşlarida tayinlangan edi. Bir yil ham boş vazir bölib işlay olmadi. Bayro Fransiya parlamentidan qattiq iqtisodiy dasturni tasdiqlab berişni sörab murojaat qilgan. Keyingi yillarda Fransiya budjetidagi defitsit oşib bormoqda. Boş vazir Bayro taxminan 45-50 milliard yevro mablağni tejaş maqsadida köplab ijtimoiy loyihalarni qisqartirişni, soliqlarni oşirişni söragan. Lekin parlament uning söroviga nafaqat “yöq” dedi, balki uning öziga işonçsizlik bildirdi.

Bayro – Fransiyada hukm surayotgan beşinçi respublika tarixida parlament tomonidan işonçsizlik votumi olib, iste’foga çiqarilgan birinçi boş vazir böldi. Mana şu fonda Parij köçalarida ommaviy namoyişlar boşlanib ketdi. Fransiyada namoyişlar ança institutlaşgan. Nepaldagi namoyişlar nafaqat siyosiy, balki institutsional inqiroz bölsa, hozirça Fransiyadagi namoyişlar faqat siyosiy inqirozni anglatadi. Çunki Fransiyada namoyişlar borasida xalqda siyosiy madaniyat şakllangan. Fransiyada namoyişlardan maqsad – hukumatga, hokimiyatga norozilikni bildiriş, lekin davlatni yiqitiş emas va bölişi ham mumkin emas. Biroq Nepal kabi endi demokratik madaniyat şakllanayotgan davlatlarda namoyişlar jabr-zulmga qorişib, aralaşib ketadi. Qolaversa, namoyişlarni tinç ötkaziş siyosiy madaniyati ham şakllanib ulgurmagan. Bunda Nepal hokimiyatining ham aybi bor.

Köplab siyosiy mutafakkirlar hozirgi axborot davrida jamiyatlardagi siyosiy uyğoniş va faollik ötmişga qaraganda tez keçayotganini urğulaşadi. Endi axborot juda köp bölar ekan, odamlar tezda ehtirosga berilişi, tezda uyuşişi va tezda junbişga kelişi kuzatiladi. Bundan keyin axborot globallaşuvi faqat tezlaşadi.

Mana şu fonda amerikalik siyosiy mutafakkir Frensis Fukuyama aytadiki, eng rivojlangan jamiyatlar va davlatlardagi eng muhim siyosiy unsur – bu işonç. Aynan işonç jamiyat a’zolarini bir-biriga boğlaydi, davlat va jamiyatni surunkali va holsizlantiruvçi tiraşuvdan asraydi, iqtisodiy rivojlaniş va siyosiy barqarorlikka asos böladi, deydi Fukuyama. Nepal va Fransiyadagi siyosiy kayfiyatlarda aynan işonç defitsiti yuqorilaşib qolganini köriş qiyin emas.

Kamoliddin Rabbimov,
siyosiy tahlilçi