Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident rezavor bog‘lar tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimyon mahallasida barpo etilayotgan agrosanoat bog‘i bilan tanishdi.
Ta’kidlanishicha, Chimyon mahallasida 3 ming gektar maydonda malina, qorag‘at, qulupnay, o‘rmon yong‘og‘i kabi mevalarni yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 60 million dollardan ortiq. Bu mablag‘ evaziga bog‘lar tashkil etiladi, mevani qayta ishlash korxonalari hamda katta sig‘imli omborxonalar quriladi.
Qayd qilinishicha, 50 gektar maydonda malina va qulupnayning xorijiy eksportbop navlari ekilgan. Bog‘ to‘liq tomchilatib sug‘oriladi. Malinaning har gektaridan 400 million so‘m, qulupnaydan esa 500 million so‘mgacha daromad olinadi.

Loyiha to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng, yiliga 24 ming tonnaga yaqin mahsulot yetishtiriladi. Uning salmoqli qismi – o‘rmon yong‘og‘i va rezavorlar eksportga yo‘naltiriladi, 12 mingdan ziyod kishi ishli bo‘ladi.
Davlat rahbari loyihani qo‘llab-quvvatlab, endi qayta ishlashni rivojlantirish kerakligini ta’kidladi. Buning uchun navni tanlashdan tortib, ishlov berish, mevalarni terish va saralash jarayonlarigacha zamonaviy yondashuv talab etiladi.
Prezident boshqa adir va yaylovlar imkoniyatini ham o‘rganib, shunday serdaromad bog‘lar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


– Bu bog‘da yerga mehr, sidqidildan qilingan mehnat ko‘rinib turibdi. Natijasi, avvalo, daromad, xalqimizga manfaat. Bu jihatlari boshqa an’anaviy ekinlarga nisbatan bir necha barobar yuqori. Shuning uchun bunday mahsulotlar yetishtirishni ko‘proq odamlarga o‘rgatib, daromadini ko‘paytirish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
13:28 / 07.07.2026
Bo‘stonliqda quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026