Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Tramp prezidentligi davrida Ukrainaga birinchi harbiy yordam paketini ma’qulladi
Harbiy ta’minot AQShning NATO bo‘yicha ittifoqchilari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati NATO ittifoqchilari bilan birgalikda ishlab chiqilgan yangi moliyalashtirish mexanizmi doirasida Ukrainaga birinchi harbiy yordam ta’minotini ma’qulladi. Reuters manbalariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida 500 mln dollarlik yordam yuborilishi mumkin.
Ta’minot to‘g‘risidagi qaror Priority Ukraine Requiremens List (PURL) tashabbusi doirasida Mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Elbrij Kolbi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu mexanizm AQShning NATO bo‘yicha ittifoqchilari mablag‘lari hisobidan Ukraina uchun Amerika qurollarini sotib olishni moliyalashtirishni nazarda tutadi.
PURL dasturi Ukrainaga qurol-yarog‘ga bo‘lgan ustuvor ehtiyojlar ro‘yxatini shakllantirish imkonini beradi, keyin u alyansga topshiriladi. Hamkor davlatlar mablag‘larni maxsus hisob raqamiga o‘tkazadi, shundan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQShdan qurol sotib olinadi. Reuters nashriga ko‘ra, bu Tramp Oq uyga qaytganidan keyin uning ma’muriyati tomonidan ma’qullangan Ukrainaga birinchi harbiy ta’minotdir.
AQSh moliya vaziri Skott Bessent so‘zlariga ko‘ra, Vashington Yevropaga Kiyev uchun mo‘ljallangan qurollarni 10 foiz ustama bilan sotmoqda, bu esa Ukraina uchun kelajakdagi xavfsizlik kafolatlari doirasida havo hujumidan himoya qilish xarajatlarini qoplash imkonini beradi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy avvalroq PURL dasturi doirasida Yevropa davlatlarining har oylik 1 milliard dollarlik badallaridan umid qilayotganini aytgan edi.
15 sentabr holatiga ko‘ra, Zelenskiy so‘zlariga binoan, ushbu sxema orqali 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb qilingan. Tashabbus ishtirokchilari orasida Niderlandiya, Daniya, Shvetsiya, Germaniya, Belgiya va NATOning boshqa davlatlari bor.
Mavzuga oid
09:23
Yaqin Sharqda keskinlik kuchaymoqda: AQSh va Eron o‘rtasida yangi hujumlar
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026