Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisobot: Rossiyada ukrainalik bolalarni harbiylashtirish bo‘yicha tarmoq yaratilgan
Rossiya ukrainalik bolalarning ongiga singdirish uchun «misli ko‘rilmagan tizim» yaratdi, deydi Yyel universiteti tadqiqotchilari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, maxsus muassasalar «Ukrainadan kelgan o‘n minglab bolalar»ni qabul qilishga mo‘ljallangan.
Rossiya rasmiylari urush boshlanganidan beri o‘g‘irlab ketilgan ukrainalik bolalarni joylashtirgan va ularni majburiy harbiy tayyorgarlik va targ‘ibotdan o‘tkazayotgan, Rossiyada hamda Ukrainaning noqonuniy bosib olingan hududlarida kamida 210 ta maxsus obekt aniqlangan. Bu haqda Yyel jamoat salomatligi maktabi (HRL) gumanitar fanlar tadqiqot laboratoriyasi tomonidan tayyorlangan va 16 sentabr, seshanba kuni chop etilgan «Ukrainaning o‘g‘irlangan bolalari: Rossiyaning qayta o‘qitish va harbiylashtirish tarmog‘i ichida» hisobotida aytiladi.
Hisobot mualliflarining fikriga ko‘ra, Ukrainadan kelgan bolalar uchun Rossiya maxsus muassasalarining soni «ko‘proq». «Ushbu tadqiqot to‘g‘ridan to‘g‘ri, aksariyat hollarda Rossiya hukumati tomonidan amalga oshirilgan qayta o‘qitish va harbiylashtirish dasturlari (Ukraina bolalarini) hajmi, ko‘lami va mazmuni haqida ilgari mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim etadi», deydi tadqiqotchilar.
Tadqiqotda Rossiya rasmiylari ukrainalik bolalarni noqonuniy saqlayotgan sakkiz turdagi muassasalar aniqlangan. Bu kadet maktablari, harbiy bazalar, tibbiyot muassasalari, cherkovlar va monastirlar, o‘rta maktablar va universitetlar, mehmonxonalar, oilalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari hamda bolalar uylari, lekin asosan — lagerlar va sanatoriylar.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026