Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo Bayden moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani ma’lum bo‘ldi
U boshqa sobiq prezidentlarning daromadlari darajasiga erisha olmayapti va kamtarona hayot kechirmoqda.
AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden Oq uyni tark etganidan keyin kamtarona hayot kechirmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal. 82 yoshli siyosatchi yoshi, mashhurligining pasayishi va kompaniyalarning uni pulli chiqishlarga taklif qilishni istamasligi tufayli boshqa sobiq prezidentlarning daromadlari darajasiga erisha olmayapti.
Baydenning asosiy daromadi memuarlar uchun gonorar (10 mln dollar) va yillik 416 ming dollarlik pensiya hisobiga shakllanadi. Pulli chiqishlar 300-500 ming dollar keltiradi, lekin takliflar juda kam. Taqqoslash uchun, Barak va Mishel Obama o‘z xotiralari uchun 60 mln dollar olgan.
Shu bilan birga, prezident katta xarajatlar qilmoqda, jumladan, Rehobot-Bichdagi 2,7 million dollarlik uy uchun ipotekani to‘lash zarurati. Shuningdek, u o‘g‘li Hanterning sud jarayonlarini moliyalashtirishga yordam beryapti va qizi Eshlining ajrashish bilan bog‘liq sud xarajatlarini ko‘tarmoqda.
Pensilvaniya universitetining prezident kutubxonasini joylashtirishdan bosh tortishi, rasmlar va kitoblar savdosidan oila daromadlarining qisqarishi, shuningdek, saraton kasalligini davolash uchun tibbiy xarajatlar uning uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diryapti. Bayden Delaver universiteti qoshida prezidentlik markazini tashkil etish ustida ishlamoqda, biroq mablag‘ yig‘ish ishlari sekin ketmoqda.
Sobiq birinchi xonim Jill Bayden yiliga 100 ming dollar maosh bilan o‘qituvchilik lavozimini tark etdi va ayollar salomatligi bo‘yicha haq to‘lanmaydigan dasturga rahbarlik qilyapti.
Mavzuga oid
21:46 / 25.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
21:30 / 25.06.2026
O‘limga tik boqqan odam – vulqon lavasi ostida qolgan fotograf
21:07 / 25.06.2026
Prezident AQSh Savdo vakili bilan hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
09:40 / 24.06.2026