Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zambiyada ikki erkak sehr yordamida prezidentni o‘ldirishni rejalashtirgani uchun qamaldi
Ularning yonidan tirik buqalamun va boshqa «tumorlar», jumladan, qizil mato, noma’lum oq kukun va hayvon dumi topilgan.
Zambiyada ikki erkak prezident Xakainde Xichilemani jodugarlik yordamida o‘ldirishni rejalashtirgani uchun sudlandi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Qishloq oqsoqoli Leonard Firi va Mozambik fuqarosi Jastin Mabulesse Kandunde dekabr oyida hibsga olingan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, ulardan tirik buqalamun va boshqa «tumorlar», jumladan, qizil mato, noma’lum oq kukun va hayvon dumi topilgan.
- Jinoyatning motivi davlat rahbarining o‘ldirilishi bo‘lgan, - dedi sudya Fine Mayambu o‘zining Lusakadagi sud qarorida. - Mahkumlar nafaqat davlat rahbarining, balki barcha zambiyaliklarning dushmani edi.
Ayblanuvchilar ikki yilga ozodlikdan mahrum etilib, jazoni mehnat-tuzatuv lagerlarida o‘tashga hukm qilindi.
Ayblovda aytilishicha, ularni muxolifatchi deputat Emmanuel «Jyey-Jyey» Bandaning ukasi yollagan, u talonchilik, qotillikka urinish va hibsdan qochgani uchun sud qilinishi mumkin.
Zambiyada jodugarlik uchun jazo Britaniya mustamlakachiligi davridagi Jinoyat kodeksiga muhrlangan.
Mavzuga oid
22:46 / 20.02.2026
Zambiyaning sobiq prezidentini 8 oydan beri dafn qila olishmayapti
10:54 / 09.04.2025
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoq tadbirida Zambiya vakili vafot etdi
22:29 / 04.10.2023
«Tolibon» 200 ga yaqin afg‘onni jodugarlikda ayblab hibsga oldi
16:42 / 18.11.2022