Muzangalu Nirenda bu yoş yigitning begona mamlakatdagi uruşda halok bölişi juda köp savollarni tuğdirişini aytadi - birinçi navbatda, nega unga uni yollaşgani va uruşga jönatişgani haqida oilasini xabardor qiliş imkoniyatini berişmagani va uning yollanişi qançalik ixtiyoriy bölgani borasidagi savollarni.
Duşanba kuni Zambiya TIV rahbari Stenli Kakubo uşbu mamlakatning Rossiyada ozodlikdan mahrum etilgn fuqarosi Ukrainadagi uruşda halok bölganini ma’lum qildi. Bu Rossiya tomonidan Ukrainadagi harbiy harakatlar uçun yollangan xorijlik ölimi bilan boğliq ilk ma’lum holatdir. Zambiya taşqi siyosiy idorasi rahbarining sözlariga köra, Nirenda 22 sentabr kuni Ukrainadagi «jang maydonida» halok bölgan. Uning tanasi Rostovda bölib turibdi va Zambiyaga jönatiladi.
Kakuboning sözlariga köra, Zambiya öz fuqarosining uruşga jönatilgani va halok bölgani yuzasidan Rossiya tomonidan izoh talab qilgan.
«Biz hali köp narsani bilmaymiz. Masalan, nima uçun Zambiya hukumatiga uning uruşga jönatilişi haqida heç narsa ma’lum bölmagan? Uni u yerga yuborgan odamlar bizga nafrat bilan munosabatda bölişdi, u ular uçun heç kim emasdi, ular undan şunçaki foydalanişdi. Biz qanday qilib uni yollaşgani va bu haqda oilasi xabardor qilinmaganini bilişni istaymiz. Balki uni qörqitişgandir yoki majbur qilişgandir?», deydi BBC bilan suhbatda Muzangalu Nirenda.
U Rossiyaga qanday qilib borib qolgan?
Lemexani universitet öqituvçilari oilasida tuğilgan va tört nafar farzandning eng kiçigi bölgan.
Muzangalu Nirendaning aytişiça, uning ukasi 2019 yilda Rossiya va Zambiya örtasidagi kelişuv doirasida davlat stipendiyasini olgan va yadroviy inşootlarni loyihalaş asoslarini örganiş uçun Rossiyaga yöl olgan. U Moskva muhandislik-fizika institutida (MIFI) tahsil olgan.

Opasining sözlariga köra, Nirenda kurer sifatida işlagan - 2020 yilda uni giyohvand moddalar solingan jönatma bilan qölga olişgan.
«Biz u yetkazib berilişi kerak bölgan paketlarda nima bölganini bilmaganiga aminmiz. U bizga bu haqda bilmaganini aytgan. Unga xabar jönatişgan, unda jönatmani qayerdan oliş va qayerga jönatiş kerakligi yozilgan. Ammo uni yölda politsiya töxtatgan, uni tintişgan va jönatmada giyohvand modda topişgan. U onlayn-kurer bölib işlaşini va jönatmada nima borligidan bexabar bölganini aytgan, ammo uni hibsga olişgan», deya izohlaydi u.


















