Jahon | 07:03 / 17.09.2025
3209
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya tovon puli o‘rniga Polshaga xavfsizlik kafolatlarini taklif qildi

Polsha prezidenti Navrotskiyning Berlinga birinchi tashrifi oldidan Germaniya hukumati tovon to‘lash masalasini qonuniy hal qilingan deb atadi. Navrotskiy bir necha bor Germaniyadan tovon undirishni talab qilgan.

Foto: REUTERS

Polsha prezidenti Karol Navrotskiyning Berlinga tashrifi oldidan Germaniya hukumatining Polsha bo‘yicha komissari Knut Abraham Germaniyaga tovon to‘lash talablarini yana bir bor rad etdi. Buning evaziga Berlin Varshavaga xavfsizlik kafolatlarini berishi mumkin, dedi u Redaktionsnetzwerk Deutschland tahririyatiga bergan intervyusida.

«Tovon to‘lash masalasi qonuniy hal qilingan», — dedi siyosatchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning Polsha oldidagi majburiyatlari zamonaviy talqini Ikkinchi jahon urushi davrida nemislar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni hisobga olgan holda aks ettirilishi zarur.

Germaniya va Polsha «bir-birining yonida» va Germaniya hukumati buni «harbiy va moliyaviy jihatdan» tasdiqlashi kerak, dedi Abraham. «Polsha prezidentiga aytilishi kerakki, Polsha xavfsizligini har qanday mustahkamlash - Germaniya xavfsizligini mustahkamlash, xoh u moliyaviy yordam, qurol tizimlari yoki Bundesver bo‘linmalari bo‘ladimi», dedi u Navrotskiyning bo‘lajak tashrifini sharhlar ekan.

Mavzuga oid