Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIda ukrainaliklar vaqtinchalik himoyasidan voz kechish rejasi kelishib olindi
Yevroittifoq davlatlari vaqtinchalik himoya o‘rniga ukrainalik qochqinlarga uyiga qaytishiga yoki ish va o‘qish asosida yashash uchun ruxsat olishiga yordam berishi mumkin, deyiladi Yevropa Ittifoqi kengashi tavsiyalarida.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning keng ko‘lamli bostirib kirishi tufayli o‘z mamlakatini tark etgan Ukraina fuqarolarini vaqtinchalik himoya qilishni bosqichma-bosqich bekor etishni rejalashtirmoqda. YeI kengashi tomonidan 16 sentabr, seshanba kuni qabul qilingan umumiy tavsiyalar qochqinlarning Ukrainaga qaytishini yoki Yevropa Ittifoqi davlatlarida boshqa qonuniy yashash maqomlariga o‘tishni ta’minlashga qaratilgan.
«Yevropa Ittifoqining Ukraina xalqi bilan birdamligi o‘zgarmasligicha qolmoqda. Shu bilan birga, Ukraina xalqiga o‘z mamlakatini tiklashga yordam berish uchun uyga qaytishga imkon beradigan kunga tayyorgarlik ko‘rish oqilona qarordir», — dedi Daniya immigratsiya va integratsiya vaziri Kaare Dyuvbad Bek.
Daniya vazirining so‘zlariga ko‘ra, YeI Ukrainaga qaytish «asta-sekin va barqaror reintegratsiyaga urg‘u bergan holda» amalga oshishini ta’minlashni maqsad qilgan. Xususan, Yevropa Ittifoqi hukumatlari ukrainalik qochqinlarga «Ukrainaga tanishuv tashrifiga» ruxsat berishi mumkin», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026