Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Rossiya nefti va gazidan voz kechishni tezlashtirishni taklif qiladi
Rossiyaning harbiy iqtisodiyoti «Ukrainadagi qon to‘kilishini» moliyalashtirmoqda, shuning uchun Yevrokomissiya Rossiya energiya resurslaridan voz kechish bo‘yicha tezlashtirilgan rejani taklif qiladi, dedi Ursula fon der Lyayyen Donald Tramp bilan suhbatdan keyin.
Yevrokomissiya (YeK) Rossiyadan neft va gaz importini rad etishni tezlashtirishni taklif qiladi, bu haqda 16 sentabr, seshanba kuni YeK raisi Ursula fon der Lyayyen AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbatdan so‘ng ma’lum qildi.
«Rossiyaning qazib olinadigan yonilg‘i bilan ta’minlangan urush iqtisodiyoti Ukrainadagi qon to‘kilishini moliyalashtirmoqda. Bunga chek qo‘yish uchun Yevrokomissiya Rossiyadan qazib olinadigan yonilg‘i importini bosqichma-bosqich to‘xtatishni tezlashtirishni taklif qiladi», deb yozadi fon der Lyayyen X ijtimoiy tarmog‘ida.
Tramp bilan telefon suhbati mavzusi, YeK rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bo‘yicha keyingi qadamlar bo‘ldi. Fon der Lyayyen, shuningdek, Yevropa komissiyasi yaqinda Rossiyaga qarshi «kriptovalutalar, banklar va energiya»ga qaratilgan 19-sanksiya paketini taqdim etishini aytdi.
Oldin ishlab chiqilgan YeI rejasida Yevropa Ittifoqi a’zolari 2028 yil 1 yanvarga qadar Rossiya energiya resurslaridan butunlay voz kechishi nazarda tutilgan edi.
Mavzuga oid
08:50 / 01.06.2026
YeI Rossiya neftiga nisbatan yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
08:59 / 26.05.2026
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
09:11 / 22.05.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning yirik neft zavodiga zarba berdi
08:56 / 19.05.2026