Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuzda immunitetni mustahkamlovchi 5 mahsulot
Kuz fasli - tabiatdagi o‘zgarishlar, havo sovishi va organizmning yangi sharoitlarga moslashish davri. Bu paytda shamollash, gripp va boshqa kasalliklar tez-tez uchraydi. Shu sababli immunitetni mustahkamlash uchun to‘g‘ri ovqatlanish juda muhim.
Foto: Getty images
Salqin kunlarda turli vitamin va minerallarga boy mahsulotlarni ratsionimizga qo‘shish organizmni sovuqqa va viruslarga chidamli qiladi. Bu esa sog‘lom va serunum kunlar o‘tkazish uchun asosiy qadam hisoblanadi. Quyida kuz faslida organizmni qo‘llab-quvvatlaydigan 5 asosiy mahsulot haqida to‘xtalamiz:
Asal
Mazkur tabiat ne’mati qadimdan tabiiy dori sifatida qadrlanadi. Unda immun tizimini mustahkamlovchi fermentlar va mikroyelementlar ko‘p. Kuniga 1-2 qoshiq asal iste’mol qilish organizmni shamollashdan himoya qiladi, tomoq va yo‘talni yumshatadi.
Sarimsoq
Sarimsoq tabiiy antibiotik hisoblanadi. Undagi alitsin moddasi virus va bakteriyalarni yo‘qotishga yordam beradi. Sarimsoqni salat, sho‘rva yoki issiq ovqatlarga qo‘shib iste’mol qilish foydali.
Tsitrus mevalar (apelsin, limon, mandarin)
Tsitrus mevalar C vitamini manbai bo‘lib, u immunitetni mustahkamlashda asosiy o‘rin tutadi. Limonli choy ichish, yangi siqilgan apelsin sharbatini iste’mol qilish kuzgi sovuq kunlarda organizmni quvvatlantiradi va shamollashning oldini oladi.
Qizil lavlagi
Lavlagi qondagi gemoglobin miqdorini oshiradi, jigar faoliyatini yaxshilaydi va organizmni toksinlardan tozalashga yordam beradi. Shu bilan birga undagi vitamin va minerallar immunitetni kuchaytiradi. Uni qaynatib, salatga aralashtirib yoki sharbat shaklida iste’mol qilish mumkin.
Yong‘oq va urug‘lar
Bodom, yong‘oq, pista, kungaboqar urug‘i va zig‘ir urug‘i omega-3 yog‘ kislotalariga boy. Ular miya faoliyatini yaxshilaydi, energiya beradi va immunitetni mustahkamlaydi. Har kuni bir hovuch yong‘oq iste’mol qilish kuzgi charchoqqa qarshi samarali vosita hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:22 / 22.11.2025
Iflos havoda zaiflashgan immunitetni qanday mustahkamlash mumkin?
17:14 / 05.11.2025
Immunitet uchun tabiiy “qalqon”: qovoq qanday foydali xususiyatlarga ega?
16:10 / 06.10.2025
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti immunitet sohasidagi kashfiyotlar uchun berildi
23:26 / 13.09.2025