Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Kiyevga yordam uchun RF aktivlaridan foydalanish variantini muhokama qiladi
Bryussel 170 milliard yevrogacha bo‘lgan reparatsiya kreditlari sxemasini ishlab chiqmoqda. Bu pullar Kiyevga Rossiya aktivlarini rasman musodara qilmasdan yuborilishi kutilmoqda.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalangan holda Ukrainani moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini tayyorlamoqda, deb xabar berdi Britaniyaning The Financial Times (FT) gazetasi 17 sentabr, chorshanba kuni manbalarga tayanib. Yevrokomissiya rejalariga ko‘ra, mablag‘ 170 milliard yevrogacha bo‘lgan “reparatsiya kreditlari” uchun ishlatilishi mumkin.
Belgiyadagi Euroclear depozitariysida muzlatilgan Rossiya aktivlarining aksariyati allaqachon naqd pul qoldiqlariga o‘tkazilgan. Bu mablag‘lar Yevropa Ittifoqining nol foizli obligatsiyalarini sotib olishga sarflanishi, natijada olingan kapital Ukrainaga transhlarda o‘tkazilishi kutilmoqda. Shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarning loyihada ishtirok etishiga imkon beradigan maxsus jamg‘arma yaratish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen o‘tgan hafta ushbu sxema Kiyevga yordam berishni darhol boshlash imkonini yaratishini, qarzlar Rossiya urushdagi zarar uchun tovon to‘lashga rozi bo‘lsagina qaytarilishini aytdi. "Xavfni birgalikda taqsimlash kerak", dedi u Belgiyaning Moskvaning ehtimoliy qonuniy harakatlaridan xavotirlariga ishora qilib.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026