Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng yirik davlatlaridagi erkaklar va ayollar nisbati ma’lum qilindi
Ayollarga nisbatan erkaklar soni ko‘proq davlat Hindiston bo‘lib, bu yerda jami aholining 55,8 foizi erkaklardir. Rossiyada esa aholining 63 foizi ayollardan iborat.
Dunyoning 20ta eng aholisi ko‘p mamlakatlardagi erkaklar va ayollar soni ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, eng yirik 20 mamlakatning 9tasida erkaklar, yana 9tasida esa ayollar soni ko‘proq.

Ayollarga nisbatan erkaklar soni ko‘proq davlat Hindiston bo‘lib, bu yerda jami aholining 55,8 foizi erkaklardir.
Undan keyingi o‘rinda Misr joylashgan – erkaklar nisbati 55,3 foizga teng.
Erkak va ayollar orasidagi eng katta tafovut Rossiyada qayd etilgan. Bu mamlakatda ayollar erkaklardan 13 foizga ko‘proq – 63 foiz.
Ayollar soni ko‘pligi bo‘yicha Yaponiya keyingi o‘rinda – bu yerda jami aholining 55,5 foizi ayollardan iborat.
Ikki mamlakat Indoneziya va Kongoda esa erkaklar va ayollar nisbati bir xil - 50 foizni tashkil etadi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 37,7 mln kishini tashkil etgan. Erkaklar va ayollar soni deyarli teng:
- Ayollar soni – 18 714,9 ming kishi;
- Erkaklar soni – 18 982,9 ming kishi.
Mavzuga oid
23:21 / 04.12.2025
Ukraina aholisi 42 milliondan 36 milliongacha kamaydi – OAV
13:00 / 05.11.2025
O‘zbekiston demografiyasi: poytaxtdan ko‘ra Samarqandda aholi ko‘proq
21:21 / 17.10.2025
Rossiyada ishchi kuchi yetishmovchiligi surunkali tus oldi – YeOTB
23:42 / 16.10.2025