Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshaning Belarus bilan chegarasi yopilishi YeI va Xitoy savdosiga ta’sir qiladi
«Zapad-2025» harbiy mashg‘ulotlaridan so‘ng Polsha Belarus bilan chegarasini noma’lum muddatga yopiqligicha qoldirdi. Yevropa Ittifoqi va Xitoy o‘rtasidagi temiryo‘l yuklarining 90 foizi u orqali o‘tgan.
Polshaning Belarus bilan chegarasini yopib qo‘yishi Belarusda 12-16 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan «Zapad-2025» Rossiya-Belarus harbiy mashg‘ulotlari davomida vaqtinchalik chora sifatida e’lon qilingandi, endi esa uning «noma’lum muddatga» saqlanib qolgani Yevropa Ittifoqi va Xitoy o‘rtasidagi temiryo‘l transportiga tahdid soladi, deya xabar beradi Politico. Nashrning qayd etishicha, gap har yili 25 milliard yevrolik tovarlar tashish haqida ketmoqda.
Varshava hukumati Belarus bilan chegarani yopish muddatini uzaytirish qarorini «Polsha fuqarolari xavfsizligi bo‘yicha tashvish» bilan izohladi. Shu bilan birga, u «to‘liq xavfsiz holatga kelishi bilan» chegaradagi harakatlanishni tiklashga va’da bermoqda.
Politico ta’kidlaganidek, Polsha bu qadamni «Rossiya o‘tgan hafta o‘z havo hududiga uchuvchisiz uchoqlar to‘dasini jo‘natganidan so‘ng kuchaygan diplomatik keskinlik va Ukrainadagi urushda Kremlga yordam bergani uchun Xitoyni jazolashni talab qilayotgan AQSh prezidenti Donald Trampning diplomatik bosimi kuchayayotgan bir paytda» qilgan. «Polsha hukumatiga ko‘ra, «savdo mantig‘i» o‘rnini «urush mantig‘i» egallagan», deyiladi maqolada.
Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
21:48 / 12.05.2026