Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi Samarqandda elektr samokatlar va quyosh chiroqlarini ishlab chiqarishni rejalashtiryapti
Xitoyning “Yaxing Guoji Maoyi” kompaniyasi Oqdaryoda alkogolsiz ichimliklar, kir yuvish kukuni, 2, 3 va 4 g‘ildirakli zamonaviy elektr samokatlar, shuningdek, quyosh panelida ishlaydigan ko‘cha chiroqlarini ishlab chiqarishni boshlaydi. Loyiha qiymati – 28 mln dollar.
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Xitoyning “Yaxing Guoji Maoyi” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Investorlar Oqdaryo tumanida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan 28 mln AQSh dollari qiymatidagi loyihani taqdim etdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kompaniya alkogolsiz ichimliklar, kir yuvish kukuni, 2, 3 va 4 g‘ildirakli zamonaviy elektr samokatlar, shuningdek, quyosh panelida ishlaydigan ko‘cha chiroqlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Birinchi bosqichda 16,5 mln dollar o‘zlashtirilib, korxona 2026 yil fevral oyida ishga tushishi ko‘zda tutilmoqda. Biroq ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish uchun Oqdaryo tumanidagi Urgut erkin iqtisodiy zonasi filiali joylashgan Dahbed massiviga olib boruvchi avtomobil yo‘lini qurish zarur.
Investorlar aynan shu masalada viloyat rahbariga murojaat qilgan.
“Adiz Boboyev avtomobil yo‘llari boshqarmasi mutasaddilariga masalani tezkor hal etishni topshirdi va xitoylik tadbirkorlarga barcha masalalarda qonun doirasida yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lum qilinishicha, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi bilan hududda 40 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, bu esa tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadi.
Avvalroq O‘zbekistonda taksi, oziq-ovqat va yuk yetkazib berish, elektr samokatlar xizmati kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan platforma – Bolt ishga tushirilishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:22 / 07.12.2025
Nukus va Samarqand YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
12:00 / 04.12.2025
Samarqanddan Urgutga poyezd harakatlanmoqda - bu iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
14:26 / 29.11.2025
Toshkent va Samarqand fuqarolik obektlari qurilishi bo‘yicha yetakchi hududlar bo‘ldi
18:31 / 26.11.2025