Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerning ozon qatlami tiklanib borayotgani ma’lum bo‘ldi
Ozon qatlamini tiklash bo‘yicha so‘nggi 45 yilda ko‘rilgan choralar o‘z samarasini berayotgani ta’kidlanmoqda.
Foto: Shutterstock
Sayyora uchun yaxshi yangilik: ozon qatlami tiklanishda davom etmoqda va 2024 yilda stratosferadagi «teshik» 2020 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrga nisbatan kamaydi.
Demak, Yerning Quyoshdan keladigan zararli ultrabinafsha nurlardan himoyalanishi asta-sekin tiklanmoqda. Butunjahon meteorologiya tashkiloti (WMO) ma’lumotlariga ko‘ra, ozon qatlamining tiklanishi o‘nlab yillik xalqaro hamkorlik tufayli mumkin bo‘ldi.
Bunga 1980 yilgi Vena konvensiya shartnomasi, keyin esa 1987 yilgi Monreal protokoli asos bo‘ldi. Ular mamlakatlarni xlorftoruglerod (CFC) kabi ozonni yemiruvchi moddalardan bosqichma-bosqich voz kechishga majbur qildi. Ularni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning 99 foizdan ortig‘i allaqachon to‘xtatilgan.
2024 yilda Antarktida ustidagi ozon tuynugining chuqurligi 1990−2020 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past bo‘ldi. Agar hozirgi chora-tadbirlar davom ettirilsa, ozon qatlami 1980 yillardagi darajaga to‘liq tiklanishi mumkin: 2066 yilga borib, Antarktida ustida, 2045 yilga borib, Arktika ustida va 2040 yilga borib butun dunyoda. Bu teri saratoni, katarakta va ekotizimlarga zarar yetkazish xavfini kamaytiradi.
Mavzuga oid
18:30 / 08.01.2026
Surxondaryoda qo‘ylariga hujum qilgan bo‘rini o‘ldirgan shaxs jarimaga tortildi
10:30 / 08.01.2026
Ekologiya qo‘mitasi: havo ifloslanishini noqulay meteosharoit kuchaytirmoqda
21:32 / 06.01.2026
«Qiyomat kuni» muzligining harakati tezlashgani qayd etildi
14:00 / 06.01.2026