Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat qo‘mitasi Forsil reklamasi uchun Nika Pharm’ni jarimaga tortdi
Bunga reklama qonunchiligiga zid ravishda biologik faol qo‘shimchaning davolash xususiyatlari haqida ma’lumot berilgani sabab bo‘lgan.
Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan Nika Pharm korxonasiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mita olib borgan monitoringlar natijasida kompaniya tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda «Forsil — og‘riq mutlaqo izsiz ketadi» mazmunidagi reklama tarqatilgani ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish natijalarida ushbu reklama «Reklama to‘g‘risida»gi qonun talabiga zidligi aniqlandi. Qonunning 35-moddasi 1-qismiga muvofiq, biologik faol qo‘shimchalar (BAD) reklamasida ular davolash xususiyatiga ega deb tasavvur uyg‘otishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur holat yuzasidan qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Mavzuga oid
15:01 / 10.06.2026
Nika Pharm tarixiy shaxslar aks etgan dori reklamasi uchun jarimaga tortildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
09:01 / 02.06.2026
Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni xavf darajasi bo‘yicha baholaydi
20:20 / 25.05.2026