Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa NATO davlatlari havo hududini buzgan Rossiya samolyotlari urib tushirilishi haqida ogohlantirdi
Bu haqda yevropalik diplomatlar Rossiya tomonini ogohlantirdi.
Foto: Wikimedia
Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya diplomatlari Moskvadagi muzokaralar chog‘ida Rossiya rasmiylarini NATO mamlakatlari havo hududining buzilishiga javoban kuch ishlatishga, jumladan, Rossiya samolyotlarini urib tushirishga tayyorligi haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi 25 sentabr kuni manbalarga tayanib.
Agentlikning yozishicha, «keskin o‘tgan uchrashuv» davomida yevropalik diplomatlar Rossiyaning MiG-31 qiruvchi samolyotlari Estoniya havo hududiga kirganidan xavotir bildirgan. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha diplomatlar chegarani buzishga Rossiya qo‘mondonligi ruxsat bergan degan xulosaga kelgan.
Manbalarga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida rossiyalik amaldorlardan biri havo hududining buzilishi Ukrainaning anneksiya qilingan Qrimga hujum qilayotganiga reaksiya bo‘lganini aytgan. Kreml NATO qo‘llab-quvvatlashisiz bunday operatsiyalarni amalga oshirib bo‘lmasligini aytdi, shuning uchun Rossiya o‘zini allaqachon Yevropa davlatlari bilan qarama-qarshilik holatida deb hisoblaydi, deb yozdi Bloomberg.
Germaniya hukumati shu hafta Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yevropalik diplomatlar Rossiya tomoniga bosqinchilikni to‘xtatish kerakligini aytganini tasdiqladi. GFR kansleri Fridrix Mers 25 sentabr kuni Parij, London va Varshava bilan o‘z harakatlarini muvofiqlashtirayotganini va «barcha zarur choralarni» qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
«Agar NATO o‘z havo hududini buzish bahonasida Rossiya samolyotini urib tushirsa, bu urush bo‘ladi», dedi Rossiyaning Fransiyadagi elchisi Aleksey Meshkov 25 sentabr kuni Fransiyaning RTL radiostansiyasi efirida.
NATO mamlakatlari 1949 yildan beri Shimoliy Atlantika shartnomasining 4-moddasini atigi to‘qqiz marta qo‘llagan, u alyans mamlakatlaridan biriga tahdid yuzaga kelgan taqdirda maslahatlashuvlar o‘tkazishni nazarda tutadi. So‘nggi ikki marta sentabr oyida Rossiya dronlari Polshaga uchib kirgan, keyin esa Rossiya qiruvchi samolyotlari Estoniya havo hududiga kirgan paytda.
Rossiya hukumati Rossiya Qurolli kuchlari samolyotlari Estoniya havo hududiga kirganini rad etmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi Polshaga uchib kirgan dronlar Polsha hududidagi obektlarga zarba berishni rejalashtirmaganini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq NATO yetakchilarini, jumladan, havo hududi buzilgan taqdirda Rossiya samolyotlarini urib tushirishga qat’iy chaqirgan Polsha bosh vaziri Donald Tuskni qo‘llab-quvvatlagan edi.
Mavzuga oid
09:19
Liyepaya va Klaypeda portlari orqali o‘zbek mahsulotlari Yevropaga yetkazilishi mumkin
08:40
Ukrainaning Belgorodga bergan zarbasidan keyin infratuzilmaga zarar yetdi
08:31
Uitkoff Berlindagi uchrashuvdan so‘ng: o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashdik
14:41 / 13.12.2025