Jamiyat | 19:00 / 26.09.2025
1752
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

ANORBANK va Farengeyt Press nashriyoti o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi

24-26 sentabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan «Bank va Ma’rifat: Bilimli jamiyat bilan qudratli iqtisodiyot sari» shiori ostida forum o‘tkazildi.

Forumning yakuniy qismida Markaziy bank raisi T. Ishmetov, TDIU rektori T. Teshaboyev, shuningdek, bank-moliya va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu forum doirasida ANORBANK va Farengeyt Press nashriyoti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Qo‘shma loyiha Usborne nashriyotining, «Boshlang‘ich darslar" turkumiga kiruvchi «Pul: boshlang‘ich saboqlar» kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilishdan iborat bo‘ldi. Ushbu nashr yoshlarga pul va moliya haqidagi asosiy bilimlarni sodda va tushunarli tilda o‘zlashtirishga yordam beradi.

Moliyaviy savodxonlik mamlakatning barqaror rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. Shu bois ANORBANK ma’rifat va ta’lim tashabbuslariga sarmoya kiritishni davom ettirmoqda.

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid