Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi ANOR BANK'ka moliyalashtirish liniyasini taqdim qildi
O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash: Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi ANOR BANK’ka 10 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasini taqdim etdi
Foto: Anorbank
Jidda, Saudiya Arabistoni – 2025 yil 22 dekabr – O‘zbekistonning yetakchi raqamli banklaridan biri bo‘lgan ANOR BANK Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan moliyalashtirish to‘g‘risida bitim imzoladi. Ushbu kelishuv doirasida XSRIK tomonidan 10 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasi ajratiladi.
Mazkur mablag‘lar O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xususiy sektor uchun islomiy moliya vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi.
Ushbu moliyalashtirish ANOR BANK’ning strategik maqsadlariga to‘liq mos bo‘lib, xususan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, xususiy tarmoqni moliyalashtirish hajmini oshirish, islomiy moliyani keng joriy etish hamda O‘zbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi.
Mazkur tashabbus Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasining a’zo davlatlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xususiy tarmoqni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategiyasiga to‘liq mos keladi.
Bitim Xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom korporatsiyasi bosh ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi Dr. Khalid Khalafallah hamda ANOR BANK boshqaruvi raisi Sherzod Akramov tomonidan imzolandi.
Mazkur kelishuv XSRIK tomonidan ANOR BANK’ka taqdim etilgan ilk moliyalashtirish liniyasi bo‘lib, u O‘zbekistonda xususiy tarmoqni rivojlantirish yo‘lida muhim strategik qadam hisoblanadi. Ushbu hamkorlik kelgusida yangi investitsiyalarni jalb qilish va uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlash uchun zamin yaratadi.
ANOR BANK haqida
“ANOR BANK” AJ 2020 yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi eng tez rivojlanayotgan raqamli banklardan biri hisoblanadi. Bank bugungi kunda 17 ta savdo ofisi hamda raqamli kanallar orqali chakana va korporativ mijozlarga keng qamrovli bank xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.
ANOR BANK zamonaviy texnologik yechimlardan foydalangan holda kichik va o‘rta biznes hamda jismoniy shaxslar uchun qulay va tezkor moliyaviy xizmatlarni taklif etadi. Bank ta’lim, ekologiya va ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlarida loyihalarni amalga oshirib, jumladan chekka hududlarda moliyaviy savodxonlikni oshirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi haqida
Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK) — Islom Taraqqiyot banki (ITB) guruhi tarkibiga kiruvchi ko‘p tomonlama moliyaviy institut bo‘lib, a’zo mamlakatlarda xususiy tarmoqni rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida Shariat tamoyillariga muvofiq moliyalashtirish hamda investitsiya xizmatlarini taqdim etadi.
Shuningdek, XSRIK davlat va xususiy tashkilotlarga maslahat xizmatlari ko‘rsatib, biznesni rivojlantirish, kengaytirish va modernizatsiya qilishga ko‘maklashadi.
XSRIK xalqaro reyting agentliklari tomonidan yuqori baholangan:
Moody’s – A2, Fitch – A+, S&P – A.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
20:15 / 18.12.2025
Anorbank va BlueOrchard Microfinance Fund 23 mln dollarlik hamkorlik shartnomalari imzolandi
19:00 / 26.09.2025
ANORBANK va Farengeyt Press nashriyoti o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi
14:36 / 19.07.2023
“Butunlay yopilish ostonasidamiz” - “Sof.uz” rahbari “Anorbank” bilan davom etayotgan sud jarayoni haqida
21:24 / 05.04.2023