Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston «Qambar-Ota GES-1» loyihasini jadallashtirishga kelishib oldi
Loyiha Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligini mustahkamlash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha muhim mintaqaviy tashabbus sifatida qaraladi.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika idoralari rahbarlari «Qambar-Ota GES-1» (quvvati 1860 MW) loyihasini tayyorlash bo‘yicha uchinchi vazirlar davrasini o‘tkazdi. Uchrashuv 25-26 sentabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tdi.
Loyiha Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligini mustahkamlash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha muhim mintaqaviy tashabbus sifatida qaraladi.
Muzokaralarda energetika vazirlari Yerlan Akkenjyenov (Qirg‘iziston), Taalaybek Ibrayev (Qirg‘iziston) va Jo‘rabek Mirzamahmudov (O‘zbekiston) ishtirok etdi. Ular erishilgan yutuqlarni muhokama qildi, jumladan: texnik-iqtisodiy asoslash loyihasi; atrof muhitga va ijtimoiy muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha dastlabki hujjatlar; uch mamlakat sa’y-harakatlari bilan loyihani birgalikda amalga oshirish mexanizmlari; yangilangan moliyaviy ehtiyojlar va xalqaro institutlardan mablag‘ jalb qilish imkoniyatlari.
Manfaatdor tomonlar bilan mahalliy, milliy va transchegaraviy darajadagi maslahatlashuvlar 2025 yil oktyabr-noyabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Davra suhbati Jahon banki ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, u loyihani tayyorlashda, shu jumladan texnik-iqtisodiy asoslarni yangilash va barqaror moliyaviy modelni ishlab chiqishda texnik yordam ko‘rsatadi.
Vazirlar o‘z davlatlarining «Qambar-Ota GES-1» loyihasini tez fursatda amalga oshirishga qat’iy siyosiy sodiqligini tasdiqladi.
2023 yil yanvar oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika idoralari rahbarlari Qirg‘izistonning Norin daryosida Qambar-Ota GES-1 qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan edi. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasining Qirg‘iziston ehtiyojidan ortgan qismini O‘zbekiston va Qozog‘iston kafolatli sotib oladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qambar-Ota GES-1 qurilishi 5-6 milliard dollarga tushishini aytgan.
Mavzuga oid
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026