Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘kilgan tishlarni o‘stiruvchi dori 5 yildan keyin chiqishi mumkin
Yaponiyalik olimlar to‘kilib ketgan tishlarni o‘stiruvchi dorining klinik sinovlarini boshladi.
Yaponiyada tish o‘sishini rag‘batlantiruvchi dori vositasining dunyodagi birinchi klinik sinovlari boshlandi. 2024 yilda boshlangan tadqiqotning yangi bosqichida 30 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan 30 nafar erkak ishtirok etmoqda.
Ishlanma ba’zi sutemizuvchilarda tishlarning o‘sishini to‘xtatuvchi USAG-1 antitanasini ko‘p yillik o‘rganishga asoslangan. Kioto universiteti olimlari uning suyak morfogenetik oqsili (BMP) bilan o‘zaro ta’sirini bloklash usulini topdi, bu esa tish to‘qimalarining tiklanishiga yo‘l ochdi. Usul onkologiyaga qarshi kurashda keng qo‘llaniladigan texnologiya - monoklonal antitanachani qo‘llashga asoslangan.
Yangi dori venaga yuboriladi. Uning xavfsizligi avvalroq hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda tasdiqlangan.
«USAG‐1 blokirovkasi tishlarning o‘sishiga olib kelishi ma’lum edi. Bu manipulyatsiya to‘liq regeneratsiyaga olib kelishi mumkinligini aniqlash qoldi. Endi biz qo‘limizdan nima kelishini bilamiz», dedi Katsu Takahashi, Kitano shifoxonasining stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi mudiri.
Agar klinik sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, 2026 yilda olimlar tug‘ma adentiya - to‘rt va undan ortiq tish yo‘qligi bo‘lgan bolalarni davolashni boshlashni rejalashtirmoqda. Pirovard maqsad - 2030 yilgacha hammabop dori vositasini ishlab chiqarish.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026