O‘zbekiston | 15:04 / 30.09.2025
1611
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklarni Yaponiyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shma loyiha amalga oshiriladi

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Nagoya shahrida Yaponiyaning Aichi, Gifu va Osaka prefekturalaridagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Qabul davomida fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, notarial hujjatlarni olish va fuqarolik holatiga oid masalalar bo‘yicha yordam ko‘rsatildi

Shuningdek, mahalliy qonun-qoidalarga rioya etish, noqonuniy tashkilotlar faoliyatida ishtirok etmaslik yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Vatandoshlarga huquqlari buzilgan taqdirda O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.

Safar doirasida "Nagoya-O‘zbekiston do‘stlik hamjamiyati" tashabbusi bilan O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda san’at ustalari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston diplomatlari, shuningdek, Yaponiyaning yirik kompaniyalari vakillari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, Aichi prefekturasi Savdo-sanoat kooperativlari assotsiatsiyasi bilan mamlakatda o‘quv markazini ochish va hamyurtlarimizni Yaponiyada ish bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shma loyiha amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid