Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa davlatlari AQShning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasini olqishladi
Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Italiya Donald Trampning G‘azo sektoridagi urushni tugatish rejasini qo‘llab-quvvatladi. Ularga qator arab va islom davlatlari qo‘shildi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron G‘azo sektorida Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushni tugatish bo‘yicha AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari surgan rejani qo‘llab-quvvatladi. «Prezident Trampning G‘azodagi urushni to‘xtatish va barcha garovga olinganlarni ozod qilish majburiyatini olqishlayman», — deb yozdi u 29 sentabr, dushanba kuni kechqurun X ijtimoiy platformasida.
Makron Isroildan ushbu reja asosida «qat’iy harakat qilishini» kutmoqda, HAMAS esa barcha garovdagilarni darhol ozod qilishdan boshqa «iloji» qolmaydi. Parij mojaroni hal qilishga hissa qo‘shishga va reja shartlarini har ikki tomon bajarishini nazorat qilishga tayyor, deya qo‘shimcha qildi Fransiya prezidenti.
Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ham Trampning rejasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. «AQShning G‘azodagi urushni tugatish bo‘yicha yangi tashabbusi juda mamnuniyat bilan qabul qilinadi va men prezident Trampdan minnatdorman. Biz uning janglarni to‘xtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo xalqiga zudlik bilan insonparvarlik yordamini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini qattiq qo‘llab-quvvatlaymiz», dedi Britaniya bosh vaziri.
Starmer barcha tomonlarni birlashishga va kelishuvni yakunlash, uni amalga oshirish uchun AQSh ma’muriyati bilan hamkorlik qilishga chaqirdi. «HAMAS endi rejaga rozi bo‘lishi va azob-uqubatlarga chek qo‘yishi, qurollarini tashlab, qolgan barcha garovga olinganlarni ozod qilishi kerak», dedi u.
Mavzuga oid
20:52 / 09.06.2026
Tramp NBA finalida hushtakbozlikka uchradi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
22:26 / 07.06.2026