Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada me’yordan ortiq mehnat qilgan farrosh ishdan bo‘shatildi
Ayol 16 yil davomida kuniga 17 soatdan ishlagan. Bu Britaniyaning smenalar orasidagi minimal 11 soatlik dam olish to‘g‘risidagi qonuni buzilishi hisoblanadi.
Farrosh Mulikat Ogunmode 16 yil davomida kuniga 17 soatdan ikki joyda - kunduzi Deutsche Bank’da, kechasi esa parlamentda yashirincha ishlagani ma’lum bo‘lgach, Britaniya parlamentidan haydaldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 2008 yildan 2024 yilgacha Ogunmodede smenalar orasidagi minimal 11 soatlik dam olish to‘g‘risidagi qonunni buzgan. U ish kunlari ikkita ishda smenalarni birlashtirgan. Parlamentda bu fakt oshkor bo‘lgan va ayol ish vaqtini cheklash to‘g‘risidagi qonunlarni buzgani uchun ishdan bo‘shatilgan.
Ogunmodede o‘zini yaxshi his qilayotganini va dam olish kunlari hordiq chiqarayotganini aytdi, biroq uning shartnomasi baribir bekor qilindi. U ish beruvchini adolatsiz ishdan bo‘shatishda va ish haqidan noqonuniy ushlab qolishda ayblab, sudga murojaat qildi, ammo sudya uning barcha da’volarini rad etib, ishdan bo‘shatishni asosli deb atadi.
Sudya uning xatti-harakatlari qonunga zid ekanini, sog‘lig‘i, xavfsizligi va jamiyat manfaatlariga xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, uni ikkinchi ishi haqida to‘g‘ri ma’lumot bermaganlikda aybladi.
Mavzuga oid
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026