Ta’lim | 14:48 / 02.10.2025
2734
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Fransiya talabalar uchun maxsus dasturlarni tashkil etadi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Fransiya elchisi Ualid Fuk bilan uchrashdi.

Foto: senat.uz

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi. Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik konstruktiv tarzda davom etayotgani, ikki tomonlama tashriflar va parlament a’zolarining xalqaro forumlardagi ishtiroki hisobiga mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan tegishli qo‘mitalar va parlamentlararo "do‘stlik guruhlari" o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida ikki tomonlama hamkorlik loyihalari ijobiy xususiyat kasb etganini qayd etildi. Madaniyat va madaniy merosni asrash, tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilishda hamkorlik loyihalarini va tajriba almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, turizm sohasining turli yo‘nalishlarida talabalar uchun maxsus dasturlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid