Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada minglab reyd natijasida 450 nafardan ortiq migrant deportatsiya qilindi
7632 ta reyd natijasida 1400 nafarga yaqin migrantni chiqarib yuborish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
Moskvaning jamoat joylari, savdo va oziq-ovqat markazlari, yotoqxonalar va boshqa nuqtalarida o‘tkazilgan 7632 ta reyd natijasida 1400 nafarga yaqin migrantni chiqarib yuborish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi, ularning 450 nafardan ortig‘i Rossiyadan deportatsiya qilindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi joriy yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
«Migratsiya sohasida 58 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlandi, ulardan aksariyati - 15 mingta holat - chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan Rossiyaga kirish yoki Rossiyada bo‘lish (yashash) qoidalarini buzish bilan bog‘liq», deyiladi xabarda.
Shuningdek, 5 mingdan ortiq mahalliy ish beruvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish qoidalarini buzgan.
Shuningdek, turli jinoyatlar, jumladan, og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 242 nafar, xavfli kasalliklarga chalingan 430 nafar, Rossiya hududiga soxta hujjatlar bilan kirgan 100 nafar shaxs aniqlangan.
Avvalroq, 22 sentabr kuni Rosgvardiya xodimlari Krasnoyarskda o‘zbekistonlik xonandaning konsertiga bostirib kirib, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 26 nafar fuqaroni qo‘lga olgan edi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
08:45 / 09.06.2026