Jahon | 09:59 / 07.10.2025
1633
1 daqiqa o‘qiladi

Misr vakili YuNESKO bosh direktori etib saylandi

Misrlik Xaled al-Anani Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) bosh direktori etib saylandi.

Foto: YuNESKO

Kecha bo‘lib o‘tgan ovoz berishda Xaled al-Anani 55, Kongo Respublikasidan nomzod Firmin Eduard Matoko esa ikkita ovoz oldi. Ovoz berish natijasida Xaled al-Anani YuNESKOning yangi bosh direktori etib saylangan.

Uning nomzodini Afrika Ittifoqi, Arab Ligasi va Fransiya, Ispaniya, Turkiya, Gabon, Germaniya va Braziliya kabi qator davlatlar qo‘llab-quvvatlagan.

U YuNESKOning amaldagi bosh direktori Odri Azule (Fransiya) o‘rnini egallaydi va bu lavozimda to‘rt yil davomida, ya’ni 2025 yildan 2029 yilgacha qoladi.

Xolid al-Anani 1971 yilda tug‘ilgan. Misrning Xelvan universiteti 30 yildan ortiq dars bergan. Shuningdek, u 2019 yil 29 dekabrdan 2022 yil 13 avgustgacha Misr turizm va qadimiy ashyolar vaziri lavozimida ishlagan.

Xaled al-Anani YuNESKOning arab dunyosidan birinchi bosh direktori va tashkilotning 80 yillik tarixida bu lavozimni egallagan ikkinchi afrikalik bo‘ladi.

Mavzuga oid