Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
7 oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan tabrikladi, do‘st Rossiya xalqiga esa ravnaq tiladi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atini davom ettirish, yetakchi korxona va kompaniyalarning sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlarining ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qildi.
Mavzuga oid
21:37 / 13.01.2026
Rossiyadagi tug‘ruqxonada yil boshidan beri to‘qqiz chaqaloq vafot etdi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:35 / 13.01.2026
Kiprda “Uralkaliy” sobiq rahbari Vladislav Baumgertner bedarak yo‘qoldi
15:47 / 13.01.2026
Kiper: Rossiya Panama va San-Marino bayroqlari ostidagi kemalarga hujum qildi
14:21 / 13.01.2026