Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
O‘zbekiston tomoni, shuningdek, Facebook va Instagram'dagi firibgarlik e’lonlariga qarshi birgalikda kurashishni ham taklif qilmoqda. Shu va boshqa masalalar Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Meta kompaniyasi vakillari bilan o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Meta kompaniyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp, Threads) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muhokama chog‘ida O‘zbekistonda Meta vakolatxonasini ochish istiqbollari, reklamani ilgari surish va kompaniya platformalarida joylashtirishda firibgarlikning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, kontentni monetizatsiya qilish va mamlakatdagi raqamli kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Meta vakillari orasida Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun siyosat bo‘yicha direktor Sarim Aziz, Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston, Shri-Lanka va Maldiv orollari uchun siyosat bo‘yicha rahbar Senura Abeyvardena, Markaziy Osiyo, Honkong va Tayvan bo‘yicha hukumat bilan aloqalar va ijtimoiy tashabbuslar bo‘yicha rahbar Aurora Li, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston uchun siyosat bo‘yicha mintaqaviy menejer Yerasil Kalixan bor edi.
Tomonlar raqamli platformalarni tartibga solish, foydalanuvchilarni himoya qilish va adolatli monetizatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish va tajriba almashish muhimligini qayd etdi. Raqamli xavfsizlik, reklama shaffofligi, mas’uliyatli raqamli xulq-atvorni targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va hamkorlikning muayyan yo‘nalishlarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
20:15 / 09.07.2026
Meta sun’iy intellektga Instagramdagi suratdan egasini ogohlantirmasdan foydalanishga ruxsat berdi
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
08:04 / 08.05.2026