Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyada maoshini ololmagan 19 nafar O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Saudiya Arabistonida ishlayotgan fuqarolarning oylik maoshi bilan bog‘liq muammolari ijobiy hal qilindi.
Diplomatik missiyadan olingan ma’lumotga ko‘ra, shu yilning 2 oktyabr kuni 19 nafar O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoning Rabig‘ sanoat shaharchasi qurilish jarayonida ishtirok etayotgan turk kompaniyasi oylik maoshlarini to‘lamayotgani vaji bilan murojaat qilgan.
Bosh konsulxona xodimlari mazkur holatni o‘rganish maqsadida Saudiyaning Rabig‘ shahrida bo‘ldi.
Safar davomida fuqarolar bilan mazkur holat yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Shundan so‘ng, ish beruvchi korxona rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi.
Natijada Turkiya kompaniyasi rahbarlari bilan o‘zbekistonlik ishchilar bilan bog‘liq barcha moliyaviy muammolarni bartaraf etish hamda ularni kompaniya hisobidan O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq ushbu holat to‘liq Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
18:53 / 28.06.2026
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026