Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sotib olishga arzimaydi – egalari eng ko‘p norozi bo‘lgan 11 ta avtomobil
Reytingga mashhur brendlarning yengil avtomobillari, krossoverlari va yo‘ltanlamaslari kiritildi.
Foto: Jeep
Ba’zi avtomobillar o‘z egasining hafsalasini pir qilishi mumkin. Buning ko‘plab sabablari bor, jumladan, ishonchlilikning va yig‘ish sifatining pastligi.
Consumer Repors nashri egalari eng ko‘p norozi bo‘lgan avtomobillarni aniqladi. Reytingga oddiy yengil avtomobillar, krossoverlar va yo‘ltanlamaslar kiritilgan.
Top-11 egalari eng ko‘p norozi bo‘lgan avtomobillar:
- Jeep Grand Cherokee PHEV
- Jeep Compass
- Volkswagen Taos
- Mazda CX-90 PHEV
- Nissan Sentra
- Toyota Corolla Cross
- Mercedes-Benz C-Class
- Infiniti QX60
- Audi Q8 E-Tron
- Nissan Altima
- Audi Q4 E-Tron
Eng past qoniqish reytingi Jeep Grand Cherokee PHEV gibrid yo‘ltanlamasida qayd etildi. Model egalarining atigi 34 foizi ushbu avtomobilni sotib olishni tavsiya qilishini aytgan. Mutaxassislar uning asosiy muammosi sifatida o‘z sinfi uchun yoqilg‘i sarfining ancha yuqori ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:50
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
15:49 / 07.01.2026
Yengil avtomobil importida elektromobillar ulushi 70 foizdan oshdi
14:04 / 06.01.2026