O‘zbekiston | 14:50 / 10.10.2025
7194
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandga YuNeSKO sessiyasiga 5 mingdan ortiq ishtirokchi kelishi kutilyapti

Belgiyaning ommabop Eurasiafocus.com elektron nashrida "YuNeSKO bosh konferensiyasining Samarqandda o‘tkazilishi O‘zbekistonning jahon madaniy-ma’rifiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasining e’tirofidir" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz 

Nashrda qayd etilganidek, 2023 yil noyabr oyida Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YuNeSKO bosh konferensiyasining 42-sessiyasi yakunida uning navbatdagi, 43-sessiyasini 2025 yilda Samarqand shahrida o‘tkazish bo‘yicha tarixiy qaror qabul qilingan edi. Ushbu qarorni tashkilotga a’zo 194 davlatning barchasi qo‘llab-quvvatladi. 

"Ushbu tashabbus, shuningdek, O‘zbekiston uchun katta diplomatik yutuq bo‘ldi, chunki YuNeSKO so‘nggi 40 yil ichida birinchi marta o‘z sessiyasini boshqa davlat hududida o‘tkazilishini e’lon qildi. Samarqandning ushbu jahon miqyosidagi tadbirni o‘tkazish joyi sifatida tanlanishi mamlakatimizning madaniyat, fan va ta’lim sohasidagi yutuqlari hamda boy tarixiy va madaniy merosining yaqqol e’tirofi hamdir", – deb yozgan muallif.

Ma’lum qilinganidek, 2024 yil 16 martda O‘zbekiston prezidentining "2025 yilda YuNeSKO bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. 

"Qarorga ko‘ra, mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuzilib, zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tashkiliy qo‘mita tomonidan sessiya bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan ishchi guruhlar tuzilib, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Sessiya ishtirokchilarining kelishi va ketishi, ularga viza rasmiylashtirish, transport va tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, asosiy tadbirlar va madaniy dasturlarda qatnashishlari masalalari YuNeSKO bilan kelishgan holda hal qilinmoqda", – deya urg‘ulangan maqolada.

Belgiya OAV, shuningdek, 43-sessiya va uning doirasidagi tadbirlarda 194 davlatdan 5 mingdan ortiq ishtirokchi kelishi kutilayotgani haqida yozgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid