Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy arxeologiya markazida Varshava universiteti bilan hamkorlikda laboratoriya tashkil etiladi
O‘zbekiston olimlari yangi laboratoriya uchun tayyorlab berilgan maxsus xonalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Foto: dunyo.info
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov boshchiligidagi delegatsiyaning Polshaga safari tashkil etildi.
Delegatsiya a’zolari safar davomida Varshava universiteti prorektori Sambor Grucha bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi va Varshava universitetining Arxeologiya fakulteti o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan zamonaviy ilmiy metodlarni joriy etish, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazida Varshava universiteti bilan hamkorlikda Arxeologik tahlillar bo‘yicha interdissiplinar laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston olimlari yangi laboratoriya uchun tayyorlab berilgan maxsus xonalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Laboratoriyaning jihozlanishi va zarur uskunalar bilan ta’minlanishi loyiha budjeti doirasida ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
20:00 / 10.01.2026
Quvadagi qazishmalar chog‘ida miloddan oldingi davrga oid devor topildi
15:30 / 12.12.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston yuqori texnologik diagnostik laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etmoqchi
15:31 / 29.11.2025
Qashqadaryo vohasida 2300 yillik qal’a-shahar qoldiqlari topildi
09:21 / 22.11.2025