Uçraşuvdan avval mamlakat elçixonasi diplomatlari uçun Olimp guruhining Ostona şahridagi markaziy laboratoriyasi böylab taşrif taşkil etildi. Taşrif doirasida tibbiyot markazi faoliyati hamda Yevropa mamlakatlarida işlab çiqarilgan zamonaviy uskunalar — Roche, Abbott, Sysmex, Qiagen, Beckman Coulter, Becton Dickinson, Eppendorf, Sartorius, Axygen, Thermo Fisher, Siemens, Illumina, Olympus, Carl Zeiss, GE va Philips kabi brendlar texnikalari bilan yaqindan taniştirildi.

Söngra ötkazilgan muloqot çoğida Özbekiston–Qozoğiston hamkorligi doirasida yuqori texnologik diagnostik laboratoriyalar tarmoğini yölga qöyiş, uning taşkiliy-huquqiy jihatlari hamda amaliy mexanizmlari atrofliça körib çiqildi.

Olimp kompaniyasi rahbari Özbekiston hukumati Qoraqalpoğiston aholisining ijtimoiy farovonligini oşirişga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidlab, qöşma loyihani amalga oşirişni aynan Nukus şahridan boşlaş rejalaştirilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uçun, Olimp kompaniyasi 2007 yilda Ostona şahrida faoliyatini boşlagan. Hozirda tarmoq Qozoğistonning barça hududlarida joylaşgan 600 dan ortiq biomaterial qabul qiliş va protsedura xonalari orqali xizmat körsatadi. Kompaniya tarkibida 20 ga yaqin zamonaviy laboratoriya faoliyat yuritadi. Tarmoqda 6 mingdan ziyod mutaxassis işlaydi, 2 mingdan ortiq turdagi laborator tekşiruvlar amalga oşiriladi hamda yiliga 16 milliondan ziyod laborator test ötkaziş imkoniyati mavjud.