Hozirda Toşkent şahrida atmosfera havosi holati 24 soat davomida doimiy monitoring qilinib borilmoqda. Bu işlar Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi «Atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida ixtisoslaşgan analitik nazorat markazi» tomonidan taşkil etilgan mobil ekologik laboratoriyalar yordamida amalga oşirilmoqda.

Ma’lumotga köra, uşbu laboratoriyalar poytaxtning barça tumanlarida havo ifloslaniş darajasini örganib, zararli moddalar va mayda dispersli zarraçalar miqdorini joylarda aniqlab bormoqda. Şunday laboratoriyalardan biri hozirgi kunda Toşkent şahar Yunusobod tumanidagi «Turkiston» metro bekati atrofidagi hududda havo holatini kuzatmoqda.

Ekologiya qömitasi tomonidan havo sifatini yaxşilaş maqsadida tezkor ştab taşkil etilgan. Tegişli idora va taşkilotlar bilan hamkorlikda poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxşilaş uçun zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Mobil laboratoriyalar tomonidan aniqlanayotgan ifloslaniş manbalari haqidagi ma’lumotlar tegişli taşkilotlarga yuborilmoqda va ular tomonidan belgilangan tartibda qonunçilikka muvofiq çoralar körilmoqda.

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi aholidan rasmiy axborot manbalarini kuzatib borişni, havo ifloslanişi yuqori bölgan kunlarda esa oçiq havodagi faoliyatni qisqartiriş va soğliqni asraş böyiça tavsiyalarga amal qilişni söramoqda.