Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp G‘azo sektorida kelishuvning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi
Ikkinchi bosqich garovga olingan va halok bo‘lgan isroilliklarning jasadlarini topshirishni nazarda tutadi.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp HAMAS garovga olinganlarning barchasini Isroilga qaytarganini tasdiqladi va G‘azo sektorida halok bo‘lgan garovga olinganlarning jasadlarini topshirishni nazarda tutuvchi tinchlik o‘rnatishning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
«Barcha 20 nafar garovga olinganlar qaytib keldi va o‘zini yaxshi his qilmoqda. Og‘ir yuk olib tashlandi, lekin ish hali tugamadi. Halok bo‘lganlarning jasadi qaytarilmadi, garchi bu va’da qilingan bo‘lsa ham. Ikkinchi bosqich hoziroq boshlanadi!!!», dedi Tramp.
8 oktyabr kuni Tramp Isroil va HAMAS Misrdagi muzokaralar natijasida o‘zi taklif qilgan tinchlik rejasining birinchi bosqichiga rozi bo‘lganini e’lon qildi. Ikki kundan keyin o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirdi. Isroil G‘azo bufer zonasiga qo‘shinlarini olib chiqdi, falastinliklar esa uylariga qayta boshladi.
AQSh, Misr va Turkiya yetakchilari, shuningdek, Qatar amiri 13 oktyabr kuni Sharm ash-Shayxda Isroil va HAMAS o‘rtasida vositachi sifatida G‘azodagi urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Deklaratsiya matnida yetakchilar «bo‘lajak nizolarni kuch ishlatish yoki uzoq davom etadigan mojaro yo‘li bilan emas, balki diplomatik aloqalar va muzokaralar yo‘li bilan hal qilish» majburiyatini oldi.
Shu kuni HAMAS asirlikda qolgan 20 nafar isroillikning barchasini Isroilga topshirdi. Isroil esa 1968 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. The Times of Israel xabariga ko‘ra, HAMAS Isroilga faqat halok bo‘lgan 4 nafar garovga olinganning jasadini topshirgan, yana 24 jasad G‘azoda qolmoqda.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
12:51
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00