Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor «Halol» xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi
Halol sertifikatlashtirish idorasi «Conformity Assessment: Requiremens for Bodies Providing Halal Certification» xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tdi.
«O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi (UzTest) huzuridagi «Halol sertifikatlashtirish idorasi» Turkiya Halol Akkreditatsiya Idorasi (HAA) tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
«Halol sertifikatlashtirish idorasi» «Conformity Assessment: Requiremens for Bodies Providing Halal Certification» xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tdi. Ta’kidlanishicha, bu O‘zbekistonda «halol standartlari» bo‘yicha faoliyat yuritayotgan tashkilotlar uchun yangi bosqichni anglatadi.
Qayd qilinishicha, hozirgi vaqtda jahon bozorida «halol» standartlari va sertifikatlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Xususan, mahsulotlarni eksport qilish jarayonida har bir mahsulot turiga mos sertifikatlar talab qilinadi, ular orasida «Halol sertifikati» ham muhim o‘rin tutadi. Bu sertifikat xorijiy, ayniqsa, Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya institutiga (SMIIC) a’zo davlatlarga mahsulot eksport qilishda texnik to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Xalqaro ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, «halol» sohasi jahon iqtisodiyotida eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biriga aylandi. Hozirgi kunda «halol» oziq-ovqat va ichimliklar sanoati hajmi 2 trillion AQSh dollari, ziyorat turizmi 400 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026