Girgittonlik – köplab yoşlar uçun vaqtinçalik daromad manbai. Bu iş taşqi tomondan oson körinadi, biroq ofitsiantlar hayotining parda ortidagi oğriqli jihatlari köpçilikka noma’lum. Taomlarni tez va sifatli yetkaziş, kun böyi tik oyoqda işlaş ularning kundalik mas’uliyati hisoblanadi. Ammo girgittonlar kezi kelganda sabrsiz mijozlarning qöpolligini kötariş, buyurtmalar köpayganda tuşlik qilmay oç qoliş, mijozlar hisobni tölamay qoçganda xarajatni qoplaşga ham majbur. Uşbu körsatuvda “Qaldirğoç” milliy taomlari restoranida faoliyat yuritayotgan yoşlar misolida ofitsiantlik kasbining haqiqatlari, sohadagi qiyinçiliklar va xörandalarning taomlaniş madaniyati hikoya qilinadi.

Özbekistonda girgittonlik vaqtinçalik iş bölib, 17-35 yoş atrofidagi yoşlar va talabalar orasida keng tarqalgan. Aksar universitet talabalari darsdan taşqari paytda kafe va restoranlarda işlaydi, şu tariqa öqiş bilan birga öz xarajatlarini qoplaşga harakat qiladi.

Körsatuv qahramonlaridan biri – 20 yoşli Rimma Keller ham poytaxtdagi xususiy universitetlardan birida moliya yönalişida tahsil oladi. Maktabda katta sinfga ötgan vaqtidan restoran sohasiga doir turli kasblarda işlab körgan. Ota-onasi uning bolalik paytidayoq ajraşib ketgan va boşqa-boşqa oila qurgan. Ösmir qiz esa buvisining qaramoğida qolgan. Buvisi olamdan ötganidan söng qiz xolasining uyida yaşay boşlagan. Şundan keyin, oilaga “oğirligim tuşmasin” degan maqsadda turli işlarni bajarib, daromad topgan.

“Aslida 16 yoşlilarni işga olişmaydi. Qöşnilarimiz, taniş xolalar bilan birga borib iş örganardim. Kafe va restoran boşliqlariga vaziyatim oğirligini, işlamasam bölmasligini tuşuntirib, opalarim iş topişimga yordam berişardi. 2 yildan buyon mustaqil pul topaman. “Qaldirğoç” milliy taomlarida faoliyat yuritayotganimga esa 7 oy böldi”, – deydi Rimma Keller.

Ayni paytda abituriyent sifatida oliy ta’lim muassasiga öqişga kiriş uçun tayyorgarlik körayotgan va bir vaqtning özida girgittonlik faoliyatini olib borayotgan Elomon Saydullayev 18 yoşda. Uning ofitsiant sifatida iş boşlaganiga 2 yil bölgan. Hozirda tungi smenada girgittonlik qiladi.

“Asosan keçqurun işlayman, kunduzi darslarga borib, testga tayyorlanaman. Ba’zan uyga ertalab çarçab qaytaman, kitob öqib, maşq qilişga energiya tugab qoladi. Ayrim paytlarda stress va çarçoqdan miyamga dars umuman kirmaydi. Şu sabab, bu yil ham talabalikka erişa olmadim. Işga endi çiqqan vaqtlarimda, ya’ni 2 yil avval otam katta yuk maşinasi haydovçisi, onam esa maktabda farroş bölib işlardi. Oiladagi moddiy ahvol oğir bölgani sababli kattalarga yordamlaşiş uçun pul olib keladigan mehnat bilan şuğullanişga majbur bölganman. Vaziyatim yaxşilanganda, bor diqqatimni öqişga qaratib, testlarga kuçliroq tayyorlanar edim