Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pitssa tashuvchilikdan biznesmenlikkacha: pokistonlik muhojir qanday qilib AQShda 270 ta restoran ochgandi?
1991 yilda Nadim Bajva Pokistondan AQShga ko‘chib keldi. Indianadagi kollejda o‘qiyotganida, u bir nechta ishda ishlagan, jumladan, Papa John’s restoranlar tarmog‘ida pitssa yetkazib beruvchi kurer bo‘lib ishlagandi. U yerda Nadim soatiga 4,25 dollar ishlab topgan. 34 yil avval pitssa tashigan pokistonlik muhojir bugun 58 yoshda va 270 dan ortiq restoran egasi hisoblanadi.
Foto: Getty images
Qisqa qilib aytganda u o‘z “fast food” imperiyasiga asos soldi. Bajva hozirda Shimoliy Amerikadagi Papa John’s kompaniyasining asosiy egasi bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab 270 dan ortiq ovqatlanish shoxobchasiga egalik qiladi.
Immigratsion muvaffaqiyat
Bajvaning muvaffaqiyatga erishish yo‘li oson emas edi. Yigirma yoshning boshida u oilasidan birinchi bo‘lib Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tdi va u yerga kelganida ko‘p qiyinchiliklarga duch keldi.
“AQShga kelishim, aslida, bu mening birinchi parvozim edi. Men ilgari hech qachon uchmaganman”, deydi Bajva. “Samolyotga endigina kirishim, bu yerga yolg‘izlik bilan kelgan to‘liq parvoz edi, juda ko‘p tashvish edi. Lekin men buni amalga oshirishga qaror qildim.”
Uning so‘zlariga ko‘ra, u qandaydir madaniy shokni boshdan kechirgan va muloqotda qiynalgan, chunki u o‘sha paytda ingliz tilini yaxshi bilmas edi. “Ba’zida siz oilangizdan uzoqda bo‘lganingizda va yolg‘iz qolganingizda ... bu juda va juda qiyin”, deydi Bajva.
Universitetdagi xarajatlarini qoplash uchun Bajva bir nechta ishda ishlashga majbur edi. “Birinchi yozimda men uchta ish qildim ... nonushta paytida idishlarni yuvdim, tushdan keyin pitssa yetkazib berdim va Taco Bell’da ishladim”, dedi Bajva SNBSga bergan intervyusida.
Bajva tezda kurerlikdan Papa John’s ning ofis xodimlari safiga qo‘shildi. 1996 yilda universitetni tamomlagach, u yetkazib beruvchilikdan hudud boshqaruvchisi lavozimiga o‘tkazildi. Diplomli bo‘lgach Bajva bir nechta korporativ rollarga ariza qoldirdi, turli vakansiyalarga qiziqdi.
“Men ba’zi ishlarga ariza topshirdim va xayolimda korporativ ishga kirishmayman deb umid qilgandim, lekin sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim, chunki buni ham boshimdan o‘tkazishim kerak edi”, - deydi u. “Men hech qachon murojaat qilmaganimdan afsuslanishni xohlamadim, chunki butun umr korporativ sektorga boraman deb orzu qilgandim. Ammo men [korporativ] ish topgani borganimda, [Papa John’sʼda] ishlayotganimdan ko‘ra ko‘proq maosh oladigan ish topa olmadim”, deya xotirlaydi Bajva.
Shu sababli u pitssa biznesida qolishga qaror qildi va o‘zining mahsuloti bo‘lishidan oldin bir nechta pitssa do‘konlarini ishga tushirdi.
2002 yil iyul oyida oilasining qo‘llab-quvvatlashi va bank kreditlari yordamida Bajva Ohayo shtatining Sharqiy Liverpul shahrida o‘zining birinchi Papa John’s pitssa do‘konini ochdi.
“Men eskirgan uskunalarni juda arzon narxda sotib oldim va o‘sha paytda men to‘lagan pulimning yarmiga do‘kon qurdim, chunki men ko‘p mehnatni o‘zim qildim. Mening butun fikrim iloji boricha kamroq pul bilan ochish va pulni marketingga sarflash edi”, - deydi Nadim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uning birinchi do‘konini qurish narxi taxminan 150 ming dollarni tashkil etgan.
Xato evaziga jiddiy saboqlar
Bajva ba’zi muhim xatolar tufayli bir necha saboq oldi. O‘zining birinchi restoranini ochishdan oldin, Bajva do‘konning tantanali ochilishi haqida xabar berishga katta e’tibor qaratdi.
“Men juda ko‘p marketing qildim va birinchi kun yig‘ilganlarning yarmi tartibsizlik bo‘lgani uchun chiqib ketishdi. Juda ko‘p odam paydo bo‘ldi, chunki men juda ko‘p reklama qildim va odamlarni pitssa tayyorlashga o‘rgatishdan ko‘ra ko‘proq reklamaga pul sarflagan edim. Keyin ochilishdan oldin ishga tayyor bo‘lish qanchalik muhimligini bilib oldim”, deydi Bajva.
Birinchi joy ochilganidan keyin olti oy ichida, Bajva do‘kon daromadi prognozlardan yuqori ekanini ko‘rdi va tez yana bir nechta joy ochishga kirishdi.
“Ikki do‘kondan so‘ng, muammo yo‘q, deb o‘yladim. Shundan so‘ng darhol yana uchtasini ochdik va taxmin qiling, atrofimda yaxshi jamoa yo‘q edi va keyin biz kurasha boshladik”.
Shunday qilib, pitssachi va uning jamoasi orqaga qadam tashlab, yana kengaytirishga harakat qilishdan oldin ishni qiluvchi jamoa bor-yo‘qligi tekshirish kerakligini tushundi.
Bajvaning so‘zlariga ko‘ra, biznes muvaffaqiyatida uning tepasida turgan odamning xarakteri ham muhim. Siz kamtar bo‘lishingiz kerak, chunki siz hamma narsaga erishdim deb o‘ylashni boshlaganingizdan so‘ng, sizning tanazzulingiz boshlangani tayin bo‘ladi, deydi u.
2024 yilda Bajco Group Papa John’s International bilan 2028 yilgacha 50 ta yangi restoranni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bajvaning aytishicha, uning maqsadi 500 ta restoran ochishga erishish.
Mavzuga oid
21:10 / 20.11.2025
O‘zbekistonga Polsha biznes doiralaridan iborat delegatsiya tashrif buyuradi
09:24 / 06.11.2025
Dunyo rekordiga yaqin: 1200 yildan ortiq faoliyatga ega kompaniyalar
18:29 / 16.10.2025
“Faqat ovqat emas, nohaqliklarni ham ko‘tarishga majburmiz”: ofitsiantlar hayotida bir kun
15:19 / 13.10.2025