Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Non eng qimmat va eng arzon bo‘lgan mamlakatlar aniqlandi
Dunyodagi eng qimmat oq non batoni 134 ming so‘mdan, eng arzoni 2100 so‘mdan sotilmoqda.
Dunyoda oq non batonining o‘rtacha narxi taxminan 138 rublni (≈21 ming so‘m) tashkil etadi, eng qimmat mahsulotni Jibuti, eng arzonini esa Jazoirda sotib olish mumkin. Bu haqda RIA Novosti Butunjahon non kuniga bag‘ishlangan o‘z tadqiqotiga tayanib xabar berdi.
Eng qimmat non Afrikaning Jibuti davlatida sotiladi (≈134 ming so‘m), chunki mamlakat oziq-ovqat, jumladan bug‘doy importiga juda bog‘langan. Shuningdek, eng qimmat nonli davlatlar qatoriga Bermud orollari (≈103 ming so‘m), Kayman orollari (≈76 ming so‘m), Monako (≈64 ming so‘m) va Bahama orollari (≈63 ming so‘m) ham kiradi. Top o‘ntalikdan Kongo (≈61 ming so‘m), Markaziy Afrika Respublikasi (≈54 ming so‘m), Islandiya (≈51 ming so‘m), Lixtenshteyn (≈51 ming so‘m) va JAR (≈50 ming so‘m) ham joy olgan.
Shu bilan birga, Jazoir (≈2100 so‘m) davlat subsidiyalari hisobiga eng arzon nonli mamlakatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. Keyingi o‘rinlarni Tunis (≈2300 so‘m), Esvatini (≈2400 so‘m), Afg‘oniston (≈3000 so‘m), Liviya (≈3400 so‘m), shuningdek, Chad (≈4300 so‘m), O‘zbekiston (≈4800 so‘m), Qirg‘iziston (≈5100 so‘m), Qozog‘iston (≈5300 so‘m) va Ozarboyjon (≈5500 so‘m) egallagan.
Rossiya 35-o‘rinni egalladi (≈8700 so‘m), Belarus 42-o‘rinda qayd etildi (≈9500 so‘m).
Mavzuga oid
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:45 / 22.06.2026
Internet eng arzon va eng qimmat bo‘lgan davlatlar reytingi e’lon qilindi
18:55 / 20.06.2026
Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat reytingida eng yuqori uchtalikka kirdi
10:45 / 17.06.2026