Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida aholi salomatligi va hayotini muhofaza qilişga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. Hujjat bilan «Ma’muriy javobgarlik töğrisida»gi kodeksning 178-moddasiga tegişli özgartirişlar kiritiş taklif etilmoqda.
Loyihaga köra, yaroqlilik muddati ötgan mahsulotlarni, şuningdek, işlab çiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati körsatilişi majburiy bölgan oziq-ovqat mahsulotlarini uşbu ma’lumotlarsiz realizatsiya qiliş yoki sotiş maqsadida qabul qilganlik uçun belgilangan jarimalar miqdori oşiriladi.
Ta’kidlanişiça, mazkur taşabbus iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş, bozorlarda mahsulotlar sifati ustidan nazoratni kuçaytiriş hamda aholi salomatligiga xavf tuğdirişi mumkin bölgan holatlarning oldini olişga xizmat qiladi.
Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasining dolzarbligi va amaliy ahamiyatiga alohida töxtalib, ayrim normalar yuzasidan qonun taşabbuskorlariga savollar berdi. Şuningdek, hujjatni yanada takomillaştiriş böyiça taklif va tavsiyalar ham bildirildi.
Bahs-munozaralardan söng qonun loyihasi Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.








