Moliya | 19:11 / 17.10.2025
10351
2 daqiqa o‘qiladi

Kamila Mahmudova Raiffeisen bankining moliyaviy direktori etib tayinlandi

O‘zbekistonlik Kamila Mahmudova Yevropadagi yirik moliyaviy guruhlardan biri – Raiffeisen Bank International’ning moliyaviy direktori lavozimiga tayinlandi. U 2021 yildan beri RBI’ning Chexiyadagi bo‘limida moliyaviy direktor sifatida ishlab kelayotgandi.

Foto: Forbes/Reuters

Raiffeisen Bank International (RBI) kuzatuv kengashi Kamila Mahmudovani 2026 yil 1 yanvardan boshlab bank boshqaruvida moliyaviy direktor lavozimiga tayinladi. U 2021 yildan beri Raiffeisen Bank’ning Chexiyadagi bo‘limida moliyaviy direktor sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

O‘zbekistonlik bo‘lgan Kamila Mahmudova moliya sohada 20 yildan ortiq tajribaga ega. U 1997 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini bitirgan. Bundan tashqari, Illinoys kolleji (AQSh), Vena iqtisodiyot va biznes universiteti (Avstriya), Karlson menejment maktabi (AQSh) va Garvard biznes maktabi (AQSh)da ham tahsil olgan.

Mahmudova mehnat faoliyati davomida 1999-2001 yillarda O‘zbekiston Davlat mulk qo‘mitasida, 2001-2007 yillarda Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC)da ishlagan. RBIʼdagi faoliyatini 2007 boshlagan. 2019 yildan 2021 yilning oxirigacha bankning «Korporativ rivojlanish va strategik boshqaruv» bo‘linmasiga rahbarlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Raiffeisen Bank International — Avstriyaning eng yirik bank guruhlaridan biri bo‘lib, Markaziy va Sharqiy Yevropadagi 11 mamlakatda 18 milliondan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatadi. Bankning jami aktivlari 2025 yil iyuni holatiga ko‘ra 204 milliard yevroga baholangan.

Mavzuga oid