Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti hakamlar hay’ati uchrashuvida ishtirok etdi
Ushbu mukofot bilan insonlar o‘rtasidagi birodarlikni mustahkamlash, bag‘rikenglik, tinchlik, insonparvarlik va madaniyatlararo muloqotni targ‘ib qilishda alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslar va tashkilotlar taqdirlanadi.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti hakamlar hay’ati a’zolarining ilk uchrashuvida qatnashdi.
«Dunyo bo‘ylab odamlar o‘rtasida o‘zaro tushunish, hamjihatlik va hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga undovchi ushbu muhim tashabbusda ishtirok etish men uchun katta sharaf. Hakamlar hay’ati o‘z sa’y-harakatlari bilan yanada adolatli va mehr-shafqatli dunyo sari yo‘l ochayotgan insonlarni e’tirof etish maqsadida birlashmoqda. Ishonchim komilki, oldinda bizni muhim va ilhombaxsh yo‘l kutmoqda», deb yozdi Mirziyoyeva.


Shayx Zayd nomidagi «Insoniy birodarlik» xalqaro mukofoti 2019 yilda BAA asoschisi Shayx Zayd bin Sulton Ol Nahayon sharafiga ta’sis etilgan. Mukofot har yili 4 fevral - Xalqaro inson birodarligi kunida topshiriladi. Laureatlarga 1 mln AQSh dollari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Ushbu mukofot bilan insonlar o‘rtasidagi birodarlikni mustahkamlash, bag‘rikenglik, tinchlik, insonparvarlik va madaniyatlararo muloqotni targ‘ib qilishda alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslar va tashkilotlar taqdirlanadi.
Mavzuga oid
18:01 / 12.05.2026
BAA Eronga yashirincha hujumlar uyushtirib kelmoqda – WSJ
08:34 / 12.05.2026
BAA Eronga qarshi yashirin hujumlar uyushtirgani ma’lum bo‘ldi
20:18 / 09.05.2026
Saida Mirziyoyeva Italiyada o‘zbekistonlik rassomning shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etdi
11:47 / 09.05.2026