Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dorixonalarning GPP sertifikati muammosi yuzasidan Farmagentlikka senator so‘rovi yuborildi
Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev Kun.uz surishtiruvida ko‘tarilgan masala – dorixonalarga GPP sertifikatini berishdagi yig‘imlar masalasida Farmatsevtika agentligi direktori Abdulla Azizovga senator so‘rovini yubordi.
Foto: Yandex-xaritalar
So‘rovda sertifikat berishdagi to‘lov miqdori qanday shakllantirilgani, undirilgan yig‘imlar qayerga sarflanayotgani yuzasidan tushuntirish berish so‘ralgan.
Shuningdek, senator GPP sertifikati uchun majburiy to‘lov undirish buyrug‘i bekor qilinsa, kelgusida qanday choralar ko‘rilishi va GPP sertifikatini olgan tadbirkorlardan undirilgan to‘lovlar taqdiri nima bo‘lishiga ham aniqlik kiritishni so‘ragan.
Avvalroq xabar berilganidek, masala Kun.uz'da yoritilishi ortidan, Adliya vazirligi Farmagentlik direktorining GPP sertifikatini berishdagi to‘lovlarni tasdiqlash haqidagi qarorini bekor qilish yuzasidan agentlikka taqdimnoma kiritgan edi. Chunki hujjat adliya organi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani aniqlangan.
Muammo nimada?
O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvarga qadar farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar, 2026 yil 1 yanvarga qadar esa boshqa dorixonalar “Zarur dorixona amaliyoti” (GPP) sertifikatini olishi zarur. Aks holda, ularning faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sertifikat Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Zarur amaliyotlar markazi” DUK tomonidan beriladi. Bunda markaz xodimlari dorixonalar faoliyatini joyiga chiqib tekshiradi, belgilangan talablarga javob bergan dorixonalarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.
Amaliyotda dorixonalar ushbu sertifikatni olish uchun 8,5 mln so‘mgacha majburiy to‘lov to‘lashga majbur bo‘lmoqda. Har 9 oyda o‘tkaziladigan navbatdagi inspeksiya tekshiruvi uchun esa qo‘shimcha 3,2 mln so‘m to‘lov undirilmoqda.
Senat press-relizida qayd etilganidek, to‘lov miqdorining yuqoriligi jamoatchilik va tadbirkorlar orasida katta norozilikka sabab bo‘lmoqda. Jumladan, ko‘plab dorixona egalari buni qonun bilan belgilanmagan majburiy yig‘im sifatida baholamoqda.
Bundan tashqari, o‘tkazilayotgan tekshiruvlarda qo‘yilayotgan talablar litsenziya talablari bilan deyarli bir xil bo‘lib, ortiqcha byurokratik yuk va takrorlanuvchi nazorat choralarini keltirib chiqarmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlar dorixonalarda sanitariya va gigiyena talablarini ta’minlash bo‘yicha ortiqcha qog‘ozbozlik ko‘payganidan, xona haroratini aniqlovchi termometr uskunalarini har yili qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha ham qo‘shimcha to‘lovlar talab etilayotganidan o‘z noroziligini bildirmoqda.
Mavzuga oid
22:33 / 21.11.2025
Bozor qiymati 1 trillion dollardan oshgan ilk farmatsevtika kompaniyasi ma’lum bo‘ldi
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
10:12 / 17.11.2025
1 yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tizimi ishga tushadi
19:25 / 14.11.2025