Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azoga zarbalar berganidan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi
Isroil armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qaytishini e’lon qildi. U avvalroq HAMASni jangovar harakatlarni qayta boshlaganlikda ayblab, G‘azo sektoridagi o‘nlab nishonlarga zarba bergan edi.
Foto: Amir Cohen/REUTERS
Isroil armiyasi G‘azo sektoriga havo hujumlaridan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qaytganini e’lon qildi. «Siyosiy rahbariyat buyrug‘i va HAMASning buzishiga javoban bir qator kuchli zarbalardan so‘ng Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) yana o‘t ochishni to‘xtatish tartibini amalga oshirishga kirishdi», — deyiladi TSAHAL 19 oktyabr, yakshanba kuni kechqurun e’lon qilgan bayonotda.
Erishilgan sulh bitimi xavf ostida. 19 oktyabr kuni ertalab Isroil armiyasi Falastinning HAMAS guruhini o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzganlikda, natijada ikki isroillik askar halok bo‘lganlikda aybladi. Bunga javoban Isroil G‘azo sektori bo‘ylab HAMASning o‘nlab nishonlariga zarba berdi va bu sektorga gumanitar yordam yetkazib berishni to‘xtatdi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu «G‘azo sektoridagi terrorchilar nishonlariga maksimal kuch» kiritishni buyurdi. Mudofaa vaziri Israel Kats HAMAS «Isroil askarlariga qarata otilgan har bir o‘q» va «o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzish» uchun «katta to‘lov» to‘lashi haqida ogohlantirdi.
HAMASga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga bergan javob zarbalarida kamida 45 kishi halok bo‘lgan. G‘azo sektoridagi to‘rtta kasalxona AFP axborot agentligiga bir xil miqdordagi o‘lim holatlari haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
12:51
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT Bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
16:58 / 04.12.2025
G‘azo vayronalari orasida 54 juftlik uchun ommaviy to‘y o‘tkazildi – fotolar
14:08 / 01.12.2025
Rim papasi: Falastin davlatini tuzish - yagona yechim
08:29 / 01.12.2025