Boş vazir Binyamin Netanyahu Isroil harbiylariga Ğazoning köproq qismini egallaşni buyurganini aytdi. Isroil 2023 yilda Hamas hujumidan söng ikki yillik genotsid uruşi davomida Ğazoni deyarli vayronaga aylantirgan va uning katta qismini amalda nazorat qilmoqda.

2025 yil oktabr oyida AQŞ vositaçiligida tuzilgan, ammo Isroil hujumlarini töxtata olmagan sulh bitimiga köra, Isroil qöşinlari öz nazorati çegarasini belgilovçi «Sariq çiziq» ortiga çekinişi kerak edi. Harbiy xaritalarda belgilangan uşbu çiziq Ğazoning qariyb 53 foizini Isroil nazoratiga qoldirgan, qolgan qismini esa Hamas boşqarayotgan edi.

22

Reuters naşrining yozişiça, Isroil Ğazo yerlarida «sariq çiziq»ni belgilovçi beton bloklarni bir tomonlama tartibda Hamas nazoratidagi hudud içkarisiga köçirgan. Harbiylar tomonidan mart oyida e’lon qilingan xaritalar yanada kattaroq çeklangan zonani körsatmoqda. Tahlilçilarning fikriga köra, bu Ğazo umumiy hududining qariyb 64 foizini örab oladi. Netanyahu ham özining ommaviy çiqişlarida harbiylar Ğazoning 60 foizdan köproğini nazorat qilayotganini bir neça bor ta’kidlagandi.

Bosib olingan Ğarbiy Sohildagi aholi punktlaridan birida ötkazilgan konferensiyada nutq sözlagan Netanyahu Ğazoning yanada köproq qismi egallanişini aytdi.

«Biz hozir hududning 60 foizidamiz. Biz ellikda edik. Oltmişga ötdik». Zaldagi tinglovçilar Isroil hududning 100 foizini egallaşi kerakligini hayqirib aytişganda, u bunga e’tiroz bildirdi:

«Birinçi navbatda, yetmiş Keling, şundan boşlaylik. Biz ularni [Hamasni] har tomondan siqib boryapmiz. Qoldiqlar bilan keyin şuğullanamiz», degan Isroil boş vaziri.

NYT'ning yozişiça, Ğazoda tajovuzkorroq harakat qiliş – joriy yilning oxirida qayta saylaniş uçun oğir kuraş olib borayotgan Netanyahuga isroilliklarning diqqatini noxuş xabarlardan çalğitişga yordam berişi mumkin.

Xususan, Livandagi Isroil kuçlari «Hizbulloh»ning hujumlarini, ayniqsa dronlar orqali amalga oşirilayotgan hujumlarni töxtatişga qiynalmoqda. Qolaversa, köplab isroilliklar AQŞ-Eron muzokaralari ular uçun «yomon kelişuv» bilan yakunlanişini kutmoqda.

Isroil sulhga qaramay, Ğazoda odamlarni öldiryapti

Netanyahu Isroil tomonidan Ğazo, Suriya va Livanda bosib olingan hududlarni – ehtimoliy hujumlarning oldini olişga qodir «bufer zonalar» deb ta’riflaydi.

Falastinliklar esa Isroilning Ğazodagi bufer zonani kengaytirişini ularni butunlay köçiriş strategiyasining bir qismi sifatida körmoqda. Jumladan Isroilning yuqori martabali vazirlari bir neça bor Ğazodan «ixtiyoriy migratsiya»ni rağbatlantirişni xohlaşlari haqidagi bayonotlar bergan.

Netanyahuning yangi bosqinga doir körsatmasi Isroil Ğazodagi hujumlarini kuçaytirgan bir vaqtga töğri keldi. Uning sözlariga köra, bu hujumlar Hamasning yuqori martabali rahbarlariga qaratilgan. Seşanba kuni Isroil Hamas harbiy qanotining rahbari öldirilganini aytdi. Bu uning ötmişdoşi öldirilganidan ön kun ötib yuz berdi.

33

Ğazo soğliqni saqlaş rasmiylarining bildirişiça, çorşanba tunda Isroil tomonidan berilgan zarba oqibatida kamida 10 kişi, jumladan beş nafar bola halok bölgan va yana 18 kişi yaralangan. Isroil ayni uşbu hujumda Hamas harbiy qanoti rahbari öldirilganini aytdi.

Uşbu zarba falastinliklar Qurbon hayiti bayramini nişonlayotgan bir paytda yuz berdi. Ğazodagi köpçilik bu bayramni çodirlar va vayron bölgan binolarda birga töplanib kutib olayotgan edi.

Soğliqni saqlaş rasmiylarining ma’lum qilişiça, sulh e’lon qilinganidan beri Isroil zarbalari oqibatida 900 dan ortiq odam halok bölgan. Isroil esa şu davr içida Ğazoda tört nafar askari öldirilganini aytmoqda.

Ğazodan Isroil qöşinlarini olib çiqib ketiş va Hamasni qurolsizlantirişni közda tutuvçi AQŞning tinçlik rejasi yölidagi muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolgan.