Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda suv sohasi raqamlashtiriladi
“Suv sohasini raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 respublikada foydalanilayotgan suv resurslari hisobining to‘liq yuritilishini yo‘lga qo‘yish, 400 dan ortiq ma’lumotlarni raqamlashtirish;
🔹 600 mingdan ortiq suv iste’molchilari, 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer maydonlari hamda sug‘orish uchun foydalanilgan suv resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda shakllantirish;
🔹 suv hisobi yuritilishi jarayonida inson omilini kamaytirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish;
🔹 suv sohasini barqaror rivojlantirish, innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish.
Suv xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligining tuzilmasida Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati negizida davlat muassasasi shaklida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
19:02 / 01.05.2026